Qimmatbaho metallar va toshlar sohasida tekshiruvlar “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi orqali amalga oshiriladi
2026-07-21 10:05:00 / OAV Biz xaqimizda

Hujjatga ko‘ra, tizim tadbirkorlik subyektlarining qonunchilikni buzish xavfini oldindan baholash uchun xizmat qiladi. Bunda litsenziya va ruxsatnomalar, statistika ma’lumotlari, fuqarolar murojaatlari, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlar, nazorat xaridlari natijalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardagi ma’lumotlar tahlil qilinadi. Shu bilan birga, tadbirkorlardan qo‘shimcha hujjat yoki axborot talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Nizomda qayd etilishicha, elektron tizim aniqlagan xavf darajasi tadbirkorga nisbatan avtomatik ravishda jazo yoki boshqa ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos bo‘la olmaydi. Bundan tashqari, tizim minimal talablarga javob bermasa, uning natijalari tekshiruv o‘tkazishga asos sifatida ham ishlatilmaydi.
Tadbirkorlar 100 ballik tizim asosida baholanadi. Xavf darajasi 81–100 ball bo‘lsa — yuqori, 61–80 ball bo‘lsa — o‘rta, 61 balldan past bo‘lsa — past xavf toifasiga kiritiladi. Yuqori va o‘rta xavf guruhidagi subyektlarda amaldagi qonunchilik asosida profilaktika tadbirlari hamda tekshiruvlar o‘tkazilishi mumkin. Past xavf toifasidagi tadbirkorlik subyektlarida esa tekshiruvlar o‘tkazilmaydi.
Nizomga ilova qilingan mezonlarga ko‘ra, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yoki sotish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda pul yuvish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi ichki nazorat uchun mas’ul shaxs tayinlanmagani, faoliyat boshlangan yoki tugatilgani haqida inspeksiyani xabardor qilmaslik, malakali mutaxassis yoki zarur moddiy-texnik bazaning mavjud emasligi xavf ballarini oshiruvchi omillar hisoblanadi. Xuddi shunday mezonlar qimmatbaho metallar bilan ishlash hamda affinaj faoliyati uchun ham belgilangan.
O‘zbekistonda 21-apreldan kuchga kirgan qonun bilan qimmatbaho toshlarni qonunga xilof ravishda o‘tkazganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik . Jinoyat kodeksiga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qonunga xilof ravishda olganlik yoki o‘tkazganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilib, valyuta, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar sohasidagi tushunchalar o‘zaro muvofiqlashtirilgan.
Manba
