Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha
2026-06-30 10:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 17–19-iyun kunlari Parij shahrida (Fransiya) Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) Yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
FATF majlis yakunlariga ko‘ra kuchaytirilgan monitoringdagi yurisdiksiyalar (Jurisdictions under Increased Monitoring) hamda yuqori xavfli yurisdiksiyalar (High-Risk Jurisdictions Subject to a Call for Action) ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritildi.
Shu munosabat bilan:
Ichki nazoratni amalga oshirishda FATF yangilangan ro‘yxatlaridan foydalanishingiz va qonunchilikka muvofiq tegishli choralarni ko‘rishingiz so‘raladi.
Mazkur ro‘yxatlar hamda FATF Yalpi majlisi yakunlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining "Shaxsiy kabinet" axborot tizimiga joylashtirilgan.
