Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasida zargarlik sanoati sohasida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyani oldini olish maqsadida jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi
2026-06-16 17:50:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar muomalasi sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, bozorda qonuniy va shaffof faoliyat yuritishni qo‘llab-quvvatlash, xufyona iqtisodiyot va noqonuniy aylanma holatlarining oldini olish, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, fuqarolarning huquqiy va iste’mol madaniyatini oshirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, xususan sohada korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik borasida hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Muloqot yakunida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi hamda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.



