Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshirilgan asillik darajasini belgilash va tamg‘alash faoliyati bo‘yicha ko‘rsatkichlar.
2026-06-12 12:30:00 / Faoliyatga oid ma'lumotlar

Buyumlar qanday tekshiriladi va tamg‘alanadi?
Laboratoriyalarimizda zargarlik buyumlarining tarkibini aniqlashda xalqaro standartlar asosida, yuqori aniqlik va tezkorlikni ta’minlovchi mahsulotga mutloq zarar yetkazmaydigan zamonaviy rentgen fluoratsent nuri uskunalari (Goldscope 550 va XRF SPECTRO M8) yordamida tekshiriladi. Buyumlarga davlat tamg‘asini bosish esa lazer uskunalari yordamida amalga oshiriladi.
Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining davlat tamg‘asi — bu mahsulot asillik darajasi va uning haqiqiyligiga berilgan rasmiy kafolatdir.
Faoliyatimiz raqamlarda:
Xizmatlarimizga bo‘lgan talab yil sayin jadal sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Buni so‘nggi yillardagi ko‘rsatkichlar ham yaqqol isbotlaydi:
- Xizmatlar hajmining o‘sishi: 2023-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan davrda tekshirilgan zargarlik buyumlar hajmi 146,7 foizga oshib, qariyb 1,5 tonnaga yetdi. Buyumlar soni esa 109,0 foizga ko‘paydi.
- Joriy ko‘rsatkichlar: 2026-yilning yanvar–may oylari davomida 42 mingdan ortiq zargarlik buyumlari tekshirilib, davlat tamg‘asi bilan muomalaga chiqarildi.
Tadbirkorlar uchun qulaylik: Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining “Toshkent-AERO” filiali
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq, Toshkent xalqaro aeroportida Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining yangi filiali ish boshladi.
Endilikda chet eldan import qilinayotgan zargarlik buyumlari bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tishi bilanoq, ortiqcha vaqt va xarajatlarisiz aynan shu yerning o‘zida tezkorlik bilan tekshiriladi va tamg‘alanadi. Ushbu filial ishga tushgan qisqa vaqt (mart–may oylari) ichida 9,5 mingdan ziyod buyumlar davlat tamg‘asi bilan tamg‘alandi.
Qonunbuzarliklarga chek qo‘yish
Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi faqatgina xizmat ko‘rsatish bilan cheklanib qolmay, tadbirkorlik subyektlariga qonun doirasida faoliyat yuritish bo‘yicha tushuntirish va profilaktik ishlar olib boradi.

