O‘zbekistonda zargarlik sohasi kengaymoqda: faoliyat yuritayotgan subyektlar soni 2 778 taga yetdi
2026-06-05 12:05:00 / OAV Biz xaqimizda

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda zargarlik buyumlarini ekspertizadan o‘tkazish va davlat tamg‘asi bilan tamg‘alash xizmatlariga talab izchil ortib bormoqda. Agar 2023-yilda 989 kilogrammdan ortiq zargarlik buyumlari tamg‘alangan bo‘lsa, 2025-yil yakuniga kelib bu ko‘rsatkich qariyb 1,5 tonnaga yetgan.
Bugungi kunda respublikada qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan faoliyat yuritayotgan subyektlar soni 2 778 tani tashkil etmoqda. Sohada rasmiylashtirilgan ruxsat beruvchi hujjatlar soni esa 4 059 taga yetgan.
Ta’kidlanganidek, litsenziyalash va ruxsat berish jarayonlari to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lib, davlat xizmatlari inson omilisiz elektron shaklda ko‘rsatilmoqda.
Shuningdek, sohada qonuniylikni ta’minlash, korrupsiyaning oldini olish, nazorat tadbirlarini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish va xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha izchil ishlar davom ettirilmoqda.
Manba


