Kasaba uyushmasi—jamoa birdamligi va xodimlar himoyasining kafolati
2026-04-24 10:00:00 / Majlislar

Kasaba uyushmasi — jamoa birdamligi va xodimlar himoyasining kafolati
Kuni kecha Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasida Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan o‘tgan davr davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Inspeksiya rahbariyati va xodimlar ishtirokida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi tomonidan imzolangan “Jamoa shartnomasi” bandlarining ijrosi, xodimlarning mehnat huquq va manfaatlari, shuningdek, ularning ma’naviy hordiq chiqarishlari, sog‘ligini tiklashi va boshqa bir qator amalga oshirilgan ishlar, sarflangan mablag‘lar tahlil qilindi.
Shu bilan birga, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan kelgusida bajarilishi rejalashtirilgan ishlar eshitildi, xodimlar o‘rtasida muhokama qilindi, takliflar bildirildi.
Eng muhimi maqsad bitta, har bir xodimning haq-huquqlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, o‘z sohasi va kasbidan roziligiga erishish va albatta sohani yanada takomillashtirishdir.



