O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 14-17 aprel kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasida xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlash hamda ularning ijtimoiy-psixologik holatini yaxshilashga qaratilgan psixologik trening va davra suhbati tashkil etildi. Tadbirni Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi rahbari Boboyev Raximjon Maxammadjonovich kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning davlat nazorati sohasidagi o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidlab, ularning ham kasbiy, ham ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi inspeksiyaning doimiy diqqat markazida bo‘lishini qayd etdi. Ushbu topshiriq doirasida tashkil etilgan uchrashuvga tajribali psixolog-mutaxassis Kayumova Shoira Yorkinjonovna jalb etildi. Trening davomida quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi: Ruhiy salomatlik va samaradorlik: Ish faoliyati davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan stressli holatlarni boshqarish va ruhiy tetiklikni saqlash usullari; Ijtimoiy-huquqiy himoya: Xotin-qizlarning jamiyatdagi huquqiy savodxonligini oshirish va ularning davlat idoralaridagi o‘rnini mustahkamlash; Muvozanat tamoyili:Ayol xodimlar uchun ish va oilaviy hayot o‘rtasidagi muvozanatni saqlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar. Trening ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassisga murojaat qilib, tegishli tavsiyalar oldilar. O‘tkazilgan interaktiv mashg‘ulotlar jamoada sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni mustahkamlashga, xodimalarning mehnat faolligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Davlat asillik darajasini nazorati inspeksiyasi rahbariyati tomonidan xodimlarning birdamligi, huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ruhiy holatini yaxshilash, kasbiy salohiyatini oshirish hamda munosib mehnat sharoitlarini yaratishga qaratilgan bu kabi tadbirlarni kelgusida ham davom ettirishni rejalashtirgan