Korrupsiya bor joyda adolat soʻnadi, adolat soʻngan joyda taraqqiyot boʻlmaydi
2026-03-30 10:00:00 / Majlislar

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasida joriy yilning 30 mart kuni korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bagʻishlangan targʻibot seminari boʻlib oʻtdi.
Seminar yigʻilishini Inspeksiya rahbari R.Boboyev olib bordi.
Tadbirda Inspeksiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha bosh mutaxassisi tomonidan “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida maʼruza qilindi. Seminar davomida xodimlarga korrupsiyaga qarshi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-270-sonli Farmoni mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.
Uchrashuvda korrupsiyaning salbiy oqibatlari, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish hamda tizimda halollik va shaffoflikni taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Ishtirokchilarga har qanday korrupsion holatga nisbatan murosasiz boʻlish va har bir xodimning shaxsiy masʼuliyatini oshirish zarurligi uqtirildi. Shuningdek, fuqarolar bilan ishlashda ochiq muloqotni kuchaytirish, murojaatlarni oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqish orqali ishonchni mustahkamlash zarurligi taʼkidlandi.
Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan savol-javoblar oʻtkazilib, fikr va mulohazalar almashildi.
