Biz korrupsiyaga qarshimiz!
2025-12-09 00:00:00 / Majlislar

Halollik, shaffoflik va qonuniylik —faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishlaridir.
Inspeksiya rahbarining murojaati!!!
Korrupsiya — insoniyatga, iqtisodiyotga zarba beradigan, qonun ustuvorligini buzadigan va xalqning davlat siyosatiga ishonchini keskin susaytiradigan xavfli illat sanaladi. Agar uning oldi olinmasa, mamlakatda haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib boʻlmaydi.
Davlatimiz rahbari prezidentlik faoliyatining ilk yillaridanoq islohotlarni ayni shu ogʻriqli nuqtadan boshladi. Mamlakatimiz yetakchisining dastlabki imzolagan hujjati ham “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonun boʻldi. Parlament palatalarida masʼul qoʻmitalar, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi va Agentlik tashkil qilingani, davlat xaridlari toʻliq raqamlashtirilgani bugun oʻzini toʻliq oqlamoqda.
Bugungi kunda Respublikamizda davlat va jamiyat boshqaruvining turli sohalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida izchil hamda samarali chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Shu jumladan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi tomonidan sohaning barcha jabhalarida salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda va natijasi sifatida korrupsion xavf-xatarlar kamaytirildi.
Avvalambor sodiqlik, halollik, vatanparvarlik va masʼuliyatni faoliyatning asosiy tamoyiliga aylantirgan holda, har bir xodim jamoamiz oldiga qoʻyilgan vazifalarni vijdonan, sifatli, xolis va yuqori saviyada amalga oshirishi lozim.
Yangi Oʻzbekiston kelajak avlodiga korrupsiyadan holi sohani qoldirishda sohaning har bir xodimi korrupsiyaga qarshi kurashda oʻz hissasini qoʻshishi kerak, Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining jamoasi korrupsiyaga qarshi kurashish tamoyillariga sidqidildan amal qilishlari shubhasizdir.
