O‘zbekiston va Belarus hududlararo hamkorlikni kengaytirmoqda
2024-02-07 18:40:00 / Yangiliklar
Tadbirda delegatsiyalarga: O‘zbekiston tomonidan – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjaev, Belarus tomonidan – Belarus Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Leonid Zayats boshchilik qildi. Shuningdek, Forumda ikki davlatning 300 dan ortiq vazirlik, idora, tarmoq birlashmalari, Savdo-sanoat palatalari, viloyat hokimliklari rahbarlari hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.
Forumning yalpi majlisini ochar ekan, so‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlashning barqaror o‘sish dinamikasini ta’kidladilar. Shu bilan birga, ikki mamlakat iqtisodiyotida foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjudligi, bu o‘zaro savdo hajmini oshirish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish imkonini berayotgani alohida ta’kidlandi.
Ikki mamlakat hududlari oʻrtasida talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarish va yangi istiqbolli bozorlarni oʻzlashtirishga qaratilgan sarmoyaviy hamkorlik va savdo aloqalarini rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi. Bunda o‘zaro tashriflar, investitsiya forumlari, ko‘rgazmalar, korxonalarga tashriflar, biznes-uchrashuvlari muhim ahamiyat kasb etayotgani hududlar salohiyatini yuzaga chiqarish, joylarda kichik va o‘rta biznes vakillari o‘rtasidagi aloqalar samaradorligini oshirish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan, so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston va Belarus ishbilarmon doiralarining mintaqaviy vakillarini faol va muvaffaqiyatli hamkorlikka chaqirib, hukumatlar qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini yana bir bor tasdiqladi.
Savdo uyi tashkil etish, yogʻoch va oziq-ovqat mahsulotlarini imtiyozli xarid qilish va tizimli yetkazib berish mexanizmini joriy etish, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash va taʼlim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish ikki davlat munosabatlarining istiqbolli yoʻnalishlaridan ekanligi ta’kidlandi.
Forum dasturi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati, sarmoyaviy hamkorlik, sport, turizm, sogʻliqni saqlash va yoshlar siyosati sohalarida amaliy hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilishga bagʻishlangan panel sessiyalari bilan davom ettirildi.
Tadbir yakunlari bo‘yicha ikki mamlakat hududlarining o‘zaro tashriflari jadvali, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator ikki tomonlama shartnomalar, shuningdek, sarmoyaviy bitimlar va savdo shartnomalari to‘plami qabul qilindi.