Respublika Ishchi guruhi tomonidan ommaviy sayyor qabul tashkil etilgan
2025-02-27 09:30:00 / Yangiliklar
Respublika Ishchi guruhi tomonidan Bekobod shahar, Oqqo'rg'on, Piskent, Bekobod tumanlari aholisi uchun ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbirda vazirlik va idoraning mutasaddilari, viloyat sektor rahbarlari va Ijtimoiy himoya milliy agentligi mas’ul xodimlari qatnashdi.
Sayyor qabul avvalida "Ijtimoiy davlat" prinsiplariga ko‘ra, aholining ehtiyojmand, bir martalik yordamga muhtoj qatlami, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarga amaliy yordam ko‘rsatish tartib-taomillaridagi yangiliklar, qonunchilikdagi yondashuvlar atroflicha tushuntirildi.
Bosh vazir o'rinbosari-Oila va xotin qizlar qoʻmitasi raisi Zulayho Maxkamova 16 nafar fuqaro bilan suhbatlashdi, ularning murojaatlarini o‘rgandi. Aksariyat murojaatlar hal qilindi.