“Lider tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida ochiq muloqot
2025-01-20 10:10:00 / Yangiliklar
Muloqotga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Markaziy bank tizimi vakillari, Soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi, tegishli iqtisodiy idoralar hamda viloyatning 20 dan ortiq tashkilotlari taklif etildi.
Uchrashuvda 100 dan ortiq tadbirkor ayollar ishtirok etib, ularning faoliyatini kengaytirish uchun yuzaga kelayotgan muammolarning yechimi bo‘yicha amaliy choralar muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda tadbirkor ayollar uchun yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar bo‘yicha tegishli idoralar taqdimot qildi.
Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan viloyatdagi tadbirkor ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish, ular tomonidan yaratilgan mahsulotlarni jaxon bozoriga olib chiqish, tobora barqarorlashib borayotgan tadbirkorlik muhitida ayollarning ulushini oshirish bo‘yicha strategik vazifalar belgilab berildi.