“Navoiy kon-metallrugiya kombinati” AJ: Aksilkorrupsiya oyligi doirasida tadbir oʻtkazildi
2024-12-13 17:17:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 12-dekabr kuni “Navoiy kon-metallrugiya kombinati” AJda “9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni“ga bagʻishlangan navbatdagi tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda “Navoiy KMK” AJ ijro apparati va tashkiliy boʻlinmalarning masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda Kon-geologiya vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi boshligʻi Sh.Sagʻdullayev korrupsiyaga qarshi kurashish va uning huquqiy asoslari, manfaatlar toʻqnashuvi tushunchasi va turlari, odob-axloq qoidalari, uning prinsiplari hamda Odob-axloq komissiyasi vakolatlari toʻgʻrisida taqdimot qildi.