Kon-geologiya vazirligi va uning tizimosti korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
2024-12-05 17:10:00 / Yangiliklar
Tadbirda Kon-geologiya vaziri oʻrinbosari U.Yusupov va vazir maslahatchisi M.Pirojkov, vazirlik ijro apparati xodimlari, tizim korxonalarining rahbarlari hamda korupsiyaga qarshi komplaens xizmatlarining masʼul xodimlari ishtirok etishdi.
Vazir o‘rinbosari Konstitutsiyaning davlat va jamiyat rivojida tutgan o‘rni, Bosh qomusimizdagi asosiy tushunchalar, ularning ahamiyati, mamlakatda demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi munosib mavqei uchun mustahkam asos bo'lib xizmat qilishini ta’kidladi.
Bundan tashqari, u O‘zbekistonda jamiyatning barcha sohalarida, jumladan, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashda tizimli islohotlar amalga oshirilayotgani, uning paydo bo‘lishiga sabab bo‘layotgan omillarni yo‘q qilishga alohida e’tibor qaratilayotganini qayd etdi.
Shuningdek, Kon-geologiya vaziriligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi boshligʻi Sh.Sagʻdullayev qarshi kurashish sohasida vazirlik va tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida yigʻilish qatnashchilariga maʼlumot berib oʻtdi.
Shundan soʻng, tizimda ISO 37001:2016 xalqaro korrupsiyaga qarshi muvofiqlik sertifikatlarini qoʻlga kiritgan eng samarli tuzilma sifatida “Navoiy kon-metallrugiya kombinati” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ “Oʻzbek geologiya qidiruv” AJ va “Oʻzbekgeofizika” AJ hamda korrupsiogen omillarni oʻz vaqtida oldini olish hamda xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishda natijalarga erishgan eng faol komplaens tuzilma sifatida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Geologiya fanlar universiteti” DMning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.