Milliy spektral elektron kutubxona Mineral resurslari institutining markazi tomonidan to‘ldirib borilmoqda
2024-11-27 16:50:00 / Yangiliklar
Geologiya fanlari universiteti “Mineral resurslar instituti” DM Yerni masofadan zondlash va GAT-texnologiyalar markazi tomonidan Respublika hududida tarqalgan turli xildagi togʻ jinslari va minerallarning Milliy spektral elektron kutubxonasini yaratish maqsadida paleozoy yotqiziqlarini 14 ta hududga ajratgan holda ishlar amalga oshirilmoqda.
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi va Innovatsion rivojlanish agentligi hamkorligida Boʻkantov togʻining markaziy qismi misolida 400 ta togʻ jinsi va minerallardan iborat spektral kutubxona yaratilgan.
Bugungi kunda Tomditov, Ovminza-Beltov, Shimoliy Nurota, Hisor togʻ tizmalaridagi o‘rganishlar orqali spektral kutubxonani toʻldirish ishlari olib borilmoqda.
2025 – 2030-yillarda Sharqiy Boʻkantov, Sulton Uvays, Aristantov-Sangruntov, Kuljuktov, Chotqol-Qurama, Janubiy Nurota, Ziyovuddin-Zirabuloq va Koratube-Chakilkalon togʻlarida loyihalar doirasida spektral kutubxonani toʻldirish va boyitib borish rejalashtirilgan.