Oʻzbekiston texnologik metallar kombinatida aksilkorrupsiya oyligi doirasida tadbir oʻtkazildi
2024-11-15 17:15:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 15-noyabr kuni Oʻzbekiston texnologik metallar kombinatida “9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bagʻishlangan aksilkorrupsiya oyligi doirasida tadbir boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirda Kombinat rahbariyati va xodimlari, Kon-geologiya vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi boshligʻi Sh. Sagʻdullayev hamda Chiriq shahridagi huquq-taribot idoralarining masʼul xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida taqdimot materiallari yordamida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi tushunchasi, sohaga oid qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik, davlat xizmatchisi tomonidan qonunchilik normalarining buzilishi uni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisida batafsil tushuntirib oʻtildi.