Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida navbatdagi seminar oʻtkazildi
2024-11-01 17:35:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 1-noyabr kuni vazirlik xodimlari oʻrtasida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida navbatdagi seminar tashkil qilindi.
Tadbirda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi boshqarma va boʻlim rahbar xodimlari hamda tizimosti korxonalarining Komplayens xodimlari ishtirok etdi.
Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi menejment tizimi ISO 37001:2016 xalqaro standart talablariga muvofiq maxsus oʻquv treninglarida ishtirok etgan vazirlik va tizimosti korxonalarning xodimlariga sertifikatlar topshirildi.