“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ hamda Geologiya fanlari universiteti hamkorligi xususida
2024-10-17 17:25:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston texnologik metallar kombinati va Geologiya fanlari universiteti o‘rtasida geologiya sohasidagi muhim masalalar, mineral xomashyoning kritik turlari va metall ajratib olishda zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha hamkorlik amalga oshirilmoqda.
Kuni kecha bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Geologiya fanlari universiteti ilmiy-tadqiqot institutlarining imkoniyatlari, oliygohning tog‘-kon sanoati uchun innovatsion yechimlarini ishlab chiqishga qaratilgan loyihalari haqida taqdimot qilindi.
Shuningdek, tomonlar kombinatning asosiy yo‘nalishi bo‘lgan, litiy, vanadiy, noyob yer elementlari, grafit, volfram, marganets va boshqa strategik materiallar kabi muhim mineral xomashyo turlarini qayta ishlash, qidirish va modellashtirish texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar istiqbollarini muhokama etishdi.