Vazirlikda investitsiya va grantlarni jalb etish hamda xizmatlar eksportini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2025-01-17 18:00:00 / Yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-yanvar kuni investitsiyalarni keng jalb etish va eksport hajmini oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar muhokamasi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishi yuzasidan, bugun 17-yanvar kuni Madaniyat vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda, vazir o‘rinbosari Yusufjon Usmonov, vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari vakillari hamda hududiy madaniyat organlari va tizimdagi idoraviy mansub tashkilotlari vakillari hududiy studiyalardan onlayn ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda, investitsiya va grantlarni jalb etish hamda xizmatlar eksportini amalga oshirish yuzasidan bir qator ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.