“ClimateScience” saytining o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi versiyalari ishga tushirildi
2024-11-19 16:30:00 / Yangiliklar
Tadbirda iqlim muammolarini hal qilishda yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish, bu borada xalqaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, O‘zbekiston Respublikasida yoshlarning imkoniyatlarini oshirish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan maxsus loyihalar va ulardan olingan xulosalarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, hukumatlar, nodavlat va xalqaro tashkilotlar o'rtasida yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lidagi mavjud imkoniyatlar va to'siqlar haqida so‘z yuritildi.
Tadbirda, shu bilan birga O‘zbekistonda hukumat va ekologik sohada faol ishtirok etayotgan yoshlar tashkilotlari vakillarini yoshlarni iqlim muammolariga qarshi kurashish borasidagi ko'nikmalarini yanada mustahkamlash, imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni muhokama qilish uchun birlashtirdi. Unda mintaqadagi joriy tashabbuslar haqida taqdimotlar qilindi.
Qolaversa, O‘zbekiston va butun mintaqada yoshlarni jalb qilishning keyingi imkoniyatlari muhokama qilindi. Yoshlarda biz duch keladigan ko'plab iqlim muammolariga qarshi turish uchun energiya, salohiyat va ishtiyoq borligi, bu esa, ayniqsa, ekologik muammolar yanada jiddiy tus olayotgan Markaziy Osiyo mintaqasi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.
Bundan tashqari, tadbirda “ClimateScience” veb-saytining o‘zbek va qoraqalpoq tilidagi versiyalari ishga tushirildi. Ushbu veb-sayt global platforma bo'lib, Ekologiya vazirligi bu borada bir yildan ortiq vaqtdan beri bir guruh yoshlar bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Veb-sayt murakkab iqlim sohasini qulay ta'lim resurslariga aylantiradi, yechimlarga yo'naltirilgan ta'limni rag'batlantiradi va iqlim o'zgarishiga qarshi kurashishda insonlarga, ayniqsa, yoshlarga kuch beradi.
Mazkur tadbir O'zbekistonda yoshlarning iqlim masalalari bo'yicha imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan joriy tashabbuslar haqida xabardorlikni kengaytirish, ushbu loyihalarni amalga oshirishda tajribalar, qiyinchiliklar va olingan xulosalarni muhokama qilishga imkon yaratadi.