Joriy yilning 17-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tashabbusi bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasida Bosh prokuratura boshqarma prokurori A.Mavlonov tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurash har bir davlat xizmatchisining vazifasi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 5-martda Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi yigʻilishida belgilangan vazifalar va topshiriqlar ijrosini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi va “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunlar talablariga rioya qilish va mansabdorlik jinoyatlariga nisbatan jinoiy javobgarlik muqarrarligi haqida soʻz yuritildi.
Davra suhbatida Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi boshligʻi Sh.Ortiqov korrupsiyani butun jamiyat taraqqiyotiga toʻsiq boʻluvchi, mamlakatni ich-ichidan yemiruvchi, hatto davlatlarni inqirozga olib keluvchi illat ekanligini va unga qarshi kurashish, uning oldini olish har bir shaxsning majburiyatiga kirishini aytib oʻtdi.