ХВЖ экспертлари 2024–2027 йилларга мўлжалланган солиқ ислоҳоти бўйича тавсияларини тақдим этди
2024-04-25 09:30:00 / Янгиликлар
Иқтисодиёт ва молия вазирлиги раҳбарияти ҳамда Халқаро валюта жамғармаси (ХВЖ) вакиллари ўртасида учрашув бўлиб ўтди.
Uchrashuvda XVJing Fiskal masalalar departamenti soliq siyosati bo‘yicha katta iqtisodchisi Girten Mishels boshchiligidagi 2024–2027-yillarga mo‘ljallangan soliq islohotini rejalashtirish bo‘yicha XVJ missiyasi ekspertlari taqdimot o‘tkazishdi.
Mazkur missiya doirasida XVJ ekspertlari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi soliq tizimini o‘rganishdi va uning natijalari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i, daromad solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va aksiz solig‘i bo‘yicha soliq siyosatini takomillashtirishga oid tavsiyalarni taqdim etishdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ushbu sohadagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik rejalarini muhokama qildi.