SUV XO‘JALIGI VAZIRI NARPAYDA SAYYOR QABUL O‘TKAZDI
2025-02-17 16:45:00 / Yangiliklar

Tadbirda tuman hokimi, viloyat suv xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari, tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi xodimlari, fermerlar, klaster va tomorqa egalari ishtirok etdi.
Vazir Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan suv xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar, ustuvor yo‘nalishlar haqida so‘z yuritdi. Suv resurslaridan tejamkorlik bilan va samarali foydalanish, suv iste’moli madaniyatini yuksaltirish zarurligini ta’kidladi.
Sayyor qabulda ariqlarni betonlash, zovurlarni tozalash, drenaj tizimini yaxshilash, ekin maydonlarini sug‘orish, fermer xo‘jaliklarining nasos va elektr energiyasi xarajatlari, ajratilgan limitlar hamda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlardagi masalalar shu yerning o‘zida muhokama qilinib, mas’ullarga ularni hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Zarafshon ITHB matbuot xizmati