SUV MASALASI – DAVLAT DASTURI LOYIHASIDA
2025-01-21 14:35:00 / Yangiliklar

Davlat dasturining 3-yo‘nalishi suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilishga bag‘ishlangan.
Jumladan, Davlat dasturidagi 62-maqsad respublikada suvdan oqilona foydalanish madaniyatini va suv ishlatish samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Unda hududlarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishni jadallashtirish, mahalliy korxonalarning suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish vazifalari belgilangan.
63-maqsad qishloq xo‘jaligi sohasida suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlashni ko‘zda tutadi. Unga ko‘ra, melioratsiya ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish orqali sug‘oriladigan yerlarda sho‘rlangan maydonlar 26 ming gektargacha kamaytiriladi.
64-maqsad irrigatsiya tizimi va suv tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish, soha boshqaruviga xususiy sektor va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etishga qaratilgan.
Bunda Suv xo‘jaligi ob’ektlarida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy qilish, irrigatsiya sohasiga xususiy sektorni jalb qilish, davlat-xususiy sheriklikni keng joriy qilish hisobiga xususiy investitsiyalar oqimini ko‘paytirish vazifalari belgilangan.
Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha Sizda taklif-mulohazalar bo‘lsa, ularni www.uzbekistan2030.uz portaliga yuborishingiz mumkin.
Axborot xizmati