SOHANI RAQAMLAShTIRISh ISTIQBOLLARI MUHOKAMA ETILDI
2024-11-12 15:35:00 / Yangiliklar
Suv xo‘jaligi vazirligida Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari O.Umarov boshchiligidagi mutaxassis-xodimlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Unda Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarlari X.Quvondiqov va R.Qarshiyev ishtirok etdi.
Tadbirda vazirlik huzurida Raqamlashtirish markazini tashkil etish borasidagi vazifalar atroflicha muhokama etilib, manzilli dasturlar va chora-tadbirlar belgilab olindi.
Axborot xizmati