TOJIKISTON DAVLATIGA O‘TAYOTGAN SUV RESURSLARINI HAMKORLIKDA O‘LCHASH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
2024-04-25 12:40:00 / Yangiliklar
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Rustam Qarshiev hamda Tojikiston Respublikasi Energetika va suv resurslari vazirining birinchi o‘rinbosari Shoimzoda Djamshed Shodi boshchiligida ikki davlat suv xo‘jaligi mutaxassislari ishtirok etdi.
O‘zbekiston-Tojikiston chegara qismida joylashgan suv o‘lchash postida zamonaviy qurilmalar yordamida Tojikiston davlatiga o‘tayotgan suv resurslarini hamkorlikda o‘lchash ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, kanalning Tojikiston davlatida joylashgan “Patar” suv o‘lchash postiga tashrif buyurilib, bu yerda “Rubicon Water” texnologiyasi asosida joriy etilgan zamonaviy suv o‘lchash zatvorlarining ishchi holati o‘rganildi.
Tadbir so‘ngida O‘zbekiston-Tojikiston o‘rtasida suv masalalari bo‘yicha ikki mamlakat hamkorligini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinib, vazifalar belgilab olindi.
Tadbir konstruktiv va do‘stona ruhda bo‘ldi, tomonlar kelgusida hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.
Axborot xizmati