Tatariston delegatsiyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2025-01-31 12:50:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Tatariston Respublikasi hududiy standartlashtirish, metrologiya va sinov markazi (FBU SSM Tatarstan) direktori Ibragimov Oleg Yevgenevich bilan uchrashdi.

Suhbat avvalida keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikda yuqori natijalarga erishilayotganligi, xususan, Toshkent viloyatida "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparki, kimyo tarmog‘i va mashinasozlikda yirik kooperatsiya loyihalari, Rossiyaning "Alabuga" va "Master" texnoparklari bilan Buxoro va Navoiy viloyatlarida yangi sanoat parklarini tashkil etilayotganligi alohida qayd etildi.
Agentlik huzuridagi O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi ("UzTest" DM) hamda FBU SSM Tatarstan o‘rtasida o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.