Kuala Lumpur shahrida Malayziya standartlar idorasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-01-24 11:40:00 / Yangiliklar

Muzokaralar davomida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Malayziya Hukumati o‘rtasidagi standartlashtirish va akkreditatsiya sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumini imzolash choralarini jadallashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.
![]() |
![]() |
Mazkur hujjatni imzolash O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida standartlashtirish va akkreditatsiya yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish va hamkorlikning huquqiy shartnomalar bazasini kengaytirish imkoniyatini yaratadi.
![]() |
![]() |
Muloqot so‘ngida savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish, standartlashtirish va muvofiqlikni baholash sohasida keng ko‘lamli doimiy hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun: Malayziya Standartlar Departamenti (DSM) 1996-yildagi Malayziya standartlari to‘g‘risidagi Qonun (549-son)ga muvofiq milliy standartlar idorasi (NSB) va Milliy akkreditatsiya organi (NAB) sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Standartlashtirish yo‘nalishida ISO, IEC, SMIIC va muvofiqlikni baholash sohasida IAF va ILAC xalqaro tashkilotlariga a’zo.