
Metrologiya

"Metrologiya to`g`risida" O`zbekiston Respublikasining Qonuni. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-apreldagi O‘RQ-614-sonli ““Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga asosan yangi tahrirda qabul qilingan;
O’zbekiston Respublikasining "Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 2024-yil 7-avgustdagi O‘RQ-940-son qonuni;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ”O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 28-fevraldagi 91-son qarori;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2021-yil 2-iyundagi PQ-5133-sonli qarori
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 12-dekabrdagi 4059-sonli qarori
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida Vaqt va chastota xizmati faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 16-avgustdagi 510-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizimidagi tashkilotlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish choralari to‘g‘risida”gi 2024-yil 1-iyuldagi 370-son qarori;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida metrologiya xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2020-yil 29-avgustdagi 528-sonli qarori
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2019-yil 20-avgustdagi 698-sonli qarori.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 maydagi “2019-2023 yillar davri uchun o‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2019-yil 28 maydagi 440-sonli qarori
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktorining «Metrologiya tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchov vositalari turkumlarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 91-sonli buyrug‘i (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 30-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ro‘yxat raqami 3174).
Davlat o‘lchashlar yagonaligini ta’minlash tizimi
O’zbekiston Respublikasining «Metrologiya to‘g‘risida»gi Qonuniga asossan Metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
- O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash;
- ishonchsiz o‘lchash natijalarining oldini olish;
- xolis, ishonchli va solishtiriladigan o‘lchash natijalariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish;
- o‘lchash natijalarining milliy va (yoki) xalqaro etalonlargacha metrologik kuzatiluvchanligini ta’minlash;
- O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining rivojlanishiga va ilmiy-texnik taraqqiyotiga ko‘maklashish.
Metrologiya normalari va qoidalarini belgilovchi hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga doir normativ hujjatlarni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga doir normativ hujjatlarning quyidagi turlari qo‘llaniladi:
- o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyoti;
- o‘lchash vositalarini kalibrlash uslubiyoti;
- o‘lchashlarni bajarish uslubiyoti;
- sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish uslubiyoti.
O‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga doir normativ hujjatlar jumlasiga metrologiya tekshiruvini o‘tkazish tartibini belgilovchi standartlashtirish bo‘yicha hujjatlar ham kiradi.
O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash uslubiyotlari, sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish uslubiyoti metrologik ekspertizadan o‘tkazilishi lozim.
O‘lchashlarni bajarish uslubiyoti metrologik attestatsiyadan o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasida xalqaro birliklar tizimining kattalik birliklarini belgilangan tartibda qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.
Kattalik birliklari etalonlar vositasida saqlanadi va qayta hosil qilinadi.
Etalonlar orqali qayta hosil qilinadigan kattalik birliklari xalqaro birliklar tizimining birliklariga qadar metrologik kuzatiluvchanlikni ta’minlashi kerak.
Metrologiya tekshiruvi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining metrologiya xizmatlari hamda yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tomonidan ushbu Qonunda belgilangan vakolatlar doirasida amalga oshiriladi
Metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati quyidagi sohalarda bajariladigan o‘lchashlarga nisbatan qo‘llaniladi:
- sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza qilish;
- moddiy boyliklarni va yoqilg‘i-energetika resurslarini hisobga olish;
- soliq, bojxona, savdo-tijorat, pochta va telekommunikatsiya;
- zaharli, tez alangalanuvchi, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilib tashlash;
- umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va ushbu sohada xizmatlar ko‘rsatish;
- aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, yong‘in xavfsizligini, suv obyektlarida insonlarning xavfsizligini ta’minlash;
- sanoat xavfsizligini ta’minlash;
- davlat mudofaasini ta’minlash;
- mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash;
- sertifikatlashtiriladigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;
- geodezik, kartografik va gidrometeorologik ishlarni bajarish;
- o‘lchash vositalarini davlat sinovidan, qiyoslashdan, kalibrlashdan, ta’mirlash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish;
- foydali qazilmalarni qazib olish;
- rasmiy sport musobaqalarini o‘tkazish;
- mahsulot va xizmatlar muvofiqligini baholash bo‘yicha ishlarni bajarish.
01 bo‘lim - O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan, turi tasdiqlangan o‘lchash vositalarining davlat reyestri
02-2 bo‘lim - O‘zbekiston Respublikasiga seriyali ishlab chiqarilib import qilingan va davlat sinovlaridan o‘tkazilib turi tasdiqlangan yoki tasdiqlangan turi e’tirof etilgan o‘lchash vositalarining davlat reyestri
03 bo‘lim - Turi tasdiqlangan modda va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalari davlat reyestri
05 bo‘lim - Metrologik attestatsiyadan o‘tkazilgan yagona nusxadagi o‘lchash vositalarining davlat reyestri
07 bo‘lim - O‘zbekiston Respublikasi o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlari (O‘BU) davlat reyestri
O’lchash vositalari sinovlarining namunaviy dasturlari ro‘yxati (50 KB, PDF)
Etalon baza
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi «O’zbekiston milliy metrologiya instituti» davlat muassasasi («O’zMMI» DM) o‘z faoliyati - vakolatlari doirasida bilan o‘lchash, sinash va mahsulotni sertifikatlashtirish natijalarini xalqaro darajada tan olinishi, O’zbekiston Respublikasida o‘lchashlar, sinashlar, standartlashtirish va sertifikatlashtirish birligini ta’minlash maqsadida milliy etalonlarni tekshirish, saqlash va ishlatishni amalga oshiruvchi ilmiy-tekshirish davlat korxonasi.
«O’zMMI» DM quyidagi 29 ta milliy boshlang‘ich etalonlari mavjud