Italiyaning Turin politexnika universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-01-29 14:15:00 / Yangiliklar

Muloqot chog‘ida standartlashtirish, metrologiya va sinov sohalarida hamkorlik ko‘lamlarini kengaytirish, malakali kadrlar tayyorlash, grantlar va texnik ko‘makni jalb etish masalalari muhokama qilindi.
![]() |
![]() |
Yevropa Ittifoqining "TWINNING" dasturi doirasida xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, Kvant metrologiya markazi tashkil qilish masalalariga e’tibor qaratilib, malakali kadrlar tayyorlashda qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan qator takliflar ilgari surildi.
![]() |
![]() |
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti faoliyati, etalonlarni rivojlantirishga qaratilgan laboratoriyalar texnik bazasi, milliy etalonlarni saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha yaratilgan infratuzilma, O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi laboratoriyalardagi shart-sharoitlar xalqaro standartlar va me’yoriy talablarga mosligi Stefano Paolo Kornyati tomonidan yuqori e’tirof etildi.
![]() |
![]() |
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar kelgusida O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida soha yo‘nalishida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash uchun barcha sa’y-harakatni ishga solishga tayyor ekanliklarini bildirdi.