Wildberries tekshiruv natijalariga ko‘ra 50 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘ladi
2025-03-06 08:35:00 / Qo'mita yangiliklari
Soliq qo‘mitasi tomonidan elektron tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan subyektlar faoliyatini legallashtirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
Xususan, WILDBERRIES (“RVB” MChJ Rossiya Federatsiyasi rezidenti) marketpleysining O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyati soliq qonunchiligidagi ayrim talablariga mos kelmasligi aniqlandi.
WILDBERRIES O‘zbekistonda “WB INT EXPORT” MChJ shaklida yuridik shaxs tashkil etib faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.
Tashkilotda soliq auditi o‘tkazilib, 2022–2024-yillar uchun budjetga qo‘shimcha hisoblangan 51,2 mlrd so‘m (shundan, 42,8 mlrd so‘m QQS) soliq to‘lovlari to‘landi.
Soliq qo‘mitasi barcha soliq to‘lovchilarga yagona va obyektiv yondashuvni qo'llab-quvvatlab, soliq majburiyatlarini bajarish uchun teng sharoitlarni yaratishga amal qiladi.
Faoliyatni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga to‘liq rioya qilgan holda amalga oshirish soliq organlari bilan o‘zaro ochiq munosabatlarni ta’minlaydi hamda e'tirozlar bildirish uchun asoslarni istisno qiladi.