Asosiy kontentga o'tish

Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun QQSni qaytarish bo'yicha interaktiv xizmat

2025-03-05 13:00:00 / Qo'mita yangiliklari

Umumiy ovqatlanish tarmog‘idagi tadbirkorlik subyektlari fevral oyidan boshlab 2025-yil yanvar oyi uchun to‘langan QQSning bir qismini qaytarib olishi mumkin.

QQSni qaytarish uchun my3.soliq.uz dagi shaxsiy kabinet orqali ariza yuborilishi kerak.


Xizmatlar,Yuridik shaxslarga o‘rni qoplanishi lozim bo'lgan QQS summasini qaytarish

Toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaatni soliq hisobotini taqdim etgandan soʻng, 3 oy ichida yuborish mumkin.

Murojaat avtomatlashtirilgan dastur orqali shakllanadi va ko‘rib chiqiladi.

Bu kimga tegishli?

Umumiy ovqatlanish sohasida pazandalik, shuningdek, boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, sotish va isteʼmol qilishni tashkil etish hamda xizmatlar koʻrsatish boʻyicha funksiyalarni bajaruvchi yuridik shaxslar.

Qaytariladigan summa nimaga bog'liq?

💳Summa miqdor naqd pulsiz to'lovlar ulushiga bog'liq:
📈60% va undan yuqori40% QQS qaytariladi;
📉60% dan kam - 20% QQS.

Qanday shartlar bajarilishi kerak?

✔️Hisobot davrida hisoblangan QQS budjetga toʻliq toʻlanishi lozim.
📈Asosiy daromad (90% va undan ortiq) umumiy ovqatlanish xizmatlaridan boʻlishi kerak.

 👉VMQ-745 son 07.11.2024-yil

232

Oxirgi yangilanish: 2025-03-05 14:10:28

;