Kambag‘al oila a’zolarini ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlari uchun
2025-01-22 11:10:00 / Qo'mita yangiliklari
Ijtimoiy soliq stavkasi 1%
2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvargacha kambag‘al oila a’zolarini ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlari uchun.
Shart - mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam bo'lmasligi kerak (1 732 500 so'm).
2024-yil 1-sentabrdan 2027-yil 1-sentabrgacha kasbga o‘rgatish uchun maktablar, kollejlar va texnikumlar o‘quvchilarini (30 yoshdan oshmagan) ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlari uchun.
Ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi:
2030-yil 1-yanvargacha chet el o'qituvchilari va mutaxassislarini ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlari.