
Международное сотрудничество

Farg‘ona shahar hokimi Xitoyning “ZHONGCHUAN INTERNATIONAL ENTERPRISE LIMITED” kompaniyasi direktori Wang Xuepin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida Farg‘ona shahrida zamonaviy ko‘p qavatli turar joylar qurilishi, ularning loyiha yechimlari hamda qurilish sohasidagi istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda shahar hokimi mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar, investitsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Tomonlar Farg‘ona shahrida zamonaviy uy-joy qurilishi bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish, loyiha takliflarini ishlab chiqish va kelgusida o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish yuzasidan kelishib oldilar.
