Farg‘ona shahri hokimi xitoylik tadbirkorlar delegatsiyasi bilan uchrashdi.
2026-08-13 16:30:00 / Новости

Farg‘ona shahri hokimi Xitoyning Binchjou korxona va tadbirkorlar uyushmasi rahbari Lin Fenghua boshchiligidagi tadbirkorlar delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida xitoylik tadbirkorlar tomonidan Farg‘ona shahrida neftni qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi, qurilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishlaridagi loyihalari haqida ma’lumot berildi.
Shahar hokimi xitoylik tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab, Farg‘ona shahrida investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, mavjud infratuzilma va qulay shart-sharoitlar haqida batafsil tushuncha berdi.
Tomonlar kelgusida istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish hamda yangi investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etish bo‘yicha fikr almashdilar.





