Viloyatda issiqxonachilikning innovasion modeli taqdim etildi
2026-06-11 10:35:00 / Yangiliklar
Yangiyo‘l tumanidagi Yangiyo‘l Agro Star MChJ hududida qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, eksportbop va yuqori daromadli mahsulotlar yetishtirishga qaratilgan innovasion issiqxonalarni tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat hokimligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi mas’ullari, hududiy bo‘lim rahbarlari, tijorat banklari va mahallalardagi tashabbuskorlar ishtirok etdi.
Seminarda korxona faoliyati, Xitoy tajribasi asosida barpo etilayotgan zamonaviy issiqxona kompleksi imkoniyatlari hamda istiqbolli loyihalar taqdim etildi.
Shuningdek, yerdan foydalanish sohasidagi so‘nggi islohotlar va energiya tejamkor qurilmalar uchun ajratilayotgan subsidiyalar haqida ma’lumot berildi.
Tadbir ishtirokchilari innovasion issiqxona faoliyati bilan tanishib, ushbu tajribani hududlarda keng joriy etish va aholi bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashdilar.