
Korrupsiyaga qarshi kurash

#EʼLON
Yangiyo'l tumani Xalq qabulxonasi binosida o'tkaziladigan shaxsiy qabullar jadvali
Aholi murojaatlarini hal etishda yangi tizim yo‘lga qo‘yilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-mart sanasida «Aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid masalalarda» o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlaridan kelib chiqib, Yangiyo'l tumani hokimi va tuman hokimining barcha o‘rinbosarlari tomonidan har haftada tuman Xalq qabulxonasi binosida shaxsiy qabullar o‘tkazilishi belgilandi.
Muntazam ravishda tashkil etiladigan mazkur shaxsiy qabullar tuman fuqarolarida yuzaga kelayotgan turli muammolarni joyida o‘rganish, ularni qisqa muddatlarda samarali hal etish va ijrosini ta’minlashda mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiladi.

