DIQQAT, BILDIRISH
2026-06-10 18:30:00 / Yangiliklar
🟢Joriy yilning 11-iyun kuni soat 15:00 da Yangiyo'l tumanida joylashgan 5-sonli Воlаlаr musiqa va san'at maktabi binosida tadbirkorlar hamda yoshlar bilan uchrashuv tashkil etiladi.
🟢Mazkur uchrashuvda Markaziy bank Toshkent viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i B.Nuraliyev, Savdo-sanoat palatasining Toshkent viloyati hududiy boshqarma boshlig‘i A.Abduxalilov, shuningdek, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari T.Sultanov boshchiligidagi mas’ul rahbarlar ishtirok etadi.
🟢Uchrashuv davomida hududda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, yoshlarni biznes va tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammo va takliflarni o‘rganish masalalari muhokama qilinadi.
🟢Shuningdek, tadbirkorlar va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozli kreditlar, moliyaviy ko‘mak hamda amaliy yordam masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashiladi.
🟢Barcha tadbirkorlar va faol yoshlarni ushbu uchrashuvda faol ishtirok etishga taklif etamiz.

