YANGIYO‘L TUMANIDA ZAMONAVIY SPORT MAYDONLARI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2026-03-24 13:15:00 / Yangiliklar

2025-yil “Open byudjet” dasturining 2-mavsumi doirasida g‘olib deb topilgan Gulbahor MFY hududidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida zamonaviy sun’iy qoplamali sport maydoni barpo etildi.
Yangiyo‘l tumanida “Open byudjet” dasturi doirasida qator zamonaviy sport inshootlari barpo etildi. Jumladan, Gulbahor mahallasidagi maktabda 30×90 metrli sun’iy qoplamali maydon, 2-son texnikumda yopiq sport maydoni, Baytish mahallasida 12×24 sport zal hamda Qirariq mahallasida futbol, voleybol, basketbol va yugurish maydonchalari qurilib foydalanishga topshirildi.
Mazkur loyihalar orqali o‘quvchilar uchun jismoniy tarbiya darslarini zamonaviy sharoitda o‘tkazish imkoniyati yaratildi, shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni sog‘lom turmush tarziga jalb qilishga keng yo‘l ochildi.


