Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlik va kambag‘allikni qisqartirish masalalari to‘g‘risida
Mehnat bozoridagi tendensiya va o‘zgarishlar dinamikasini hisobga olgan holda, har yili o‘rtacha
22 ming nafardan aholi bandligi taʼminlanmoqda.
O‘tgan uch yilda mahallalarda “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari” doirasida jami 148,9 mlrd. so‘m kredit ajratilib, 1 ming 463 ta ish o‘rinlari yaratildi.
Xususan, Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish yo‘nalishida Aloqa bank tomonidan “Biznesga birinchi qadam – Yoshlar uchun” loyihasi doirasida 94 nafar yoshlarga 7,3 mlrd. so‘m, “Kelajakka birinchi qadam” kredit mahsuloti bo‘yicha “Milliybank” tomonidan 50 nafar bitiruvchilarga 720 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilib,
164 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Shuningdek, “Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvon tajribalari — aholi bandligini taʼminlashda samara berayotgan yangi yondashuvlar bo‘lib, 2024-2025 yillarda ushbu tajribalar orqali 14,3 ming nafar aholi bandligi taʼminlandi va yuqori daromadga ega bo‘ldilar.
Jumladan,
“Sayxunobod tajribasi” asosida tijorat banklari va hokim yordamchilari bilan birgalikda mahallalarda 3 046 ta mikroloyihalar amalga oshirilishi natijasida, 5 744 nafar aholining bandligi taʼminlanib, yil yakunigacha yana 187 ta mikroloyihalar amalga oshirilishi orqali 374 nafar aholining bandligi taʼminlanishi rejalashtirilgan.
“Uychi tajribasi” asosida banklarning 1 217 ta faol mijozlari bilan 632 ta uchrashuvlar tashkil etib, uchrashuvlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish natijasida, 7 863 nafar aholining bandligi taʼminlanib, yil yakunigacha yana 61 ta uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish orqali 764 nafar aholining bandligi taʼminlanishi rejalashtirilgan.
“Zarbdor tajribasi” asosida mahallalarda qiymati
67 mlrd so‘mlik 10 ta drayver loyihalarni amalga oshirish natijasida, 330 ta aholi bandligi taʼminlanib, yil yakunigacha yana 135 ta yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.
“G‘ijduvon tajribasi” asosida qiymati 151 mlrd. so‘mlik 49 ta loyihalarni amalga oshirish natijasida
346 ta aholi bandligi taʼminlanib, yil yakunigacha yana 94 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, tumanda aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mahalla yettiligi bilan birgalikda quyidagi 5 ta – parrandachilik, intensiv usulda baliq yetishtirish, ixcham issiqxonalarda mahsulot yetishtirish, mahallalarda xizmatlar va kichik ishlab chiqarish yo‘nalishlaridagi loyihalarni amalga oshirish orqali
3 ming nafar aholining bandligi taʼminlanib, kambag‘allikdan chiqarildi.
Kambag‘al oilalar aʼzolarining 100 nafarga yaqini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitildi, 2 ming 832 nafari doimiy ishga joylashtirildi, 4 ming 200 nafardan ortig‘i o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi.
2025 yil boshiga kelib tumanda ishsizlik darajasi
5,2 foizni, kambag‘allik darajasi esa 11,6 foizni tashkil etgan edi.
Joriy yilning 6 oylik yakuni bilan, tumanda amalga oshirilgan islohotlar natijasida, ishsizlik darajasi
4,8 foizga, kambag‘allik darajasi esa 6,5 foizgacha kamayishga erishildi.
Tumanimiz 2025 yil yakuni bilan ishsizlik va kambag‘allikdan holi hududga aylantiriladi.
Joriy yilda ham 25,6 mingta yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun yetarlicha imkoniyat va zaxiralarimiz mavjud, buning uchun barcha hisob-kitoblar qilingan.
O‘tgan 7 oy davomida 21 ming nafar fuqarolarning bandligi taʼminlandi.
Bunda albatta aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirishda, 1 ming 714 gektar ijaraga ajratib berilgan yer maydonlari, 1 ming 873 gektar dala tomorqalari hamda 1 ming 893 gektar shaxsiy tomorqalarning hissasi katta bo‘lmoqda. Birgina ushbu yo‘nalishda 4 ming 616 ta dehqon xo‘jaliklari tashkil qilinib, mahsulot ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tadbirkorga aylandi.
