Hokimiyat haqida

Xonqa tumani hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni (1993 yil 2 sentyabr), O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni (2014 yil 5 may), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori (2016 yil 24 fevral), Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori (2016 yil 27 aprel), Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (2016 yil 2 mart)ga muvofiq faoliyat yuritadi. Hokimlik O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunida va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida, viloyat hokimligining qaror va farmoyishlarida belgilangan vakolatlarini amalga oshirishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Hokimiyat tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarori bilan o‘rnatiladi va o‘zgartiriladi. Xonqa tumani hokimligi boshqaruv apparati o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek Xonqa tumani hokimligining boshqaruv apparati to‘g‘risidagi Nizomga amal qiladi. Xonqa tumani hokimligi boshqaruv apparati o‘z faoliyatini hokimning rahbarligida amalga oshiradi. Tuman hokimi viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi, ozod etiladi va Xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Hokimning vakolat muddati – 5 yil.
