Tuman hokimligi nizomi va reglamenti
Tuman hokimligining boshqaruv apparati to‘g‘risida NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga muvofiq tuman hokimligi boshqaruv apparatining (keyingi o‘rinlarda boshqaruv apparati deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas’uliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Boshqaruv apparati o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Xorazm viloyati hokimining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa Qonun hujjatlariga, xalq deputatlari tuman Kengashining va hokimning hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Boshqaruv apparati hokimlik faoliyatini axborot-tahliliy, huquqiy, tashkiliy-texnik va moliyaviy-xo‘jalik jihatidan ta’minlaydi, xalq deputatlari tuman Kengashi majlislarini uning reglamentiga muvofiq tayyorlaydi, xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, ularni amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ijroni muntazam ravishda tekshiradi. Boshqaruv apparati xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatiga tashkiliy, texnik va boshqa xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlaydi.
4. Boshqaruv apparati o‘z faoliyatini hokimning rahbarligida amalga oshiradi.
5. Boshqaruv apparati o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli xizmatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimligi shuningdek tuman bo‘limlari, tashkilotlari va muassasalari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
II. Boshqaruv apparatining vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar boshqaruv apparatining vazifalari hisoblanadi:
hokimning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunida va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida, viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ta’minlash;
tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarini kompleks tahlil qilish, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi, tarkibiy va institutsional o‘zgartirishlar, mahalliy budjetlar ijrosining tizimli monitoringini olib borish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan eng muhim ustuvor vazifalarga muvofiq tumanni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
tumanda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiyalash, iqtisodiyotda, eng avvalo, sanoatda va qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgartirishlarga doir tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;
tumanning subvensiya olishini qisqartirish, korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish, o‘zaro hisob-kitoblar tizimini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ta’minlash, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquqlarini va kafolatlarini ta’minlash yuzasidan boshqaruv organlarining mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, hududiy investitsiya dasturlari, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik yangilash va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari, mahalliylashtirish dasturi, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturlari, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va bandlikni ta’minlash dasturlari, shuningdek boshqa hududiy dasturlar amalga oshirilishi monitoringini olib borishning samarali tizimini yaratish;
hudud iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlik subyektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni tashkil etish;
qishloq xo‘jaligida islohotlarni va tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari amalga oshirilishi yuzasidan tizimli tahlilni tashkil etish;
aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, hududiy boshqaruv organlarining, boshqa tashkilotlarning yangi ish o‘rinlari yaratish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirishga doir ishlarini muvofiqlashtirish;
qonuniylikni, huquq-tartibotni va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa ekstremal holatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish;
rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Xorazm viloyati hokimining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish;
normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, shu jumladan ularning ayrim tarmoqlarga va umuman hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qisqa muddatli va uzoq muddatli ta’sirini kompleks baholash.
7. Boshqaruv apparati o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari, Xorazm viloyati hokimining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli xizmatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati, viloyat hokimligi apparati, hokim va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari bo‘yicha tegishli tahliliy, ma’lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek xalq deputatlari tuman Kengashi va hokim tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;
muammoli masalalarni hal etish hamda tumanni, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda hokimga va uning o‘rinbosarlariga taqdim etadi;
iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning muhim ustuvor vazifalari, davlat dasturlari amalga oshirilishi, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bajarilishi bo‘yicha tegishli tizimlangan ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
xalq deputatlari Kengashi sessiyalari, hududlarning faollari yig‘ilishlari, hokim va uning o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkaziladigan yig‘ilishlar va boshqa tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlaydi, qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;
xalq deputatlari Kengashi va hokimlikning komissiyalari va boshqa ishchi organlari ishlarini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
hokimning tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim va dolzarb masalalari bo‘yicha hisoboti xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan eshitilishini tashkil qiladi;
hokimlikning ish rejasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqadi;
maxfiylik rejimini, davlat sirlari bo‘lgan ma’lumotlar yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa axborotlarning himoya qilinishini ta’minlaydi;
xalq deputatlari Kengashi va hokimlikning faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor qilishni tashkil etadi.
Boshqaruv apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
III. Boshqaruv apparatining huquqlari va javobgarligi
8. Boshqaruv apparati o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalaridan boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
zarurat bo‘lganda, hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalarini tayyorlash uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari rahbarlari va xodimlarini taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari tashkil etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining bo‘linmalaridan boshqa tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimning hujjatlari va qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish;
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida ko‘rib chiqilishi va muhokama qilinishini tashkil etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining bo‘linmalari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining bo‘linmalari, boshqa tashkilotlarning normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning, xalq deputatlari tuman Kengashi hujjatlari, hokimning hujjatlari va topshiriqlari, uning o‘rinbosarlari topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ishlarini belgilangan tartibda o‘rganish.
9. Boshqaruv apparati:
o‘ziga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari apparatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining topshiriqlariga, viloyat hokimligi apparati topshiriqlariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalari har tomonlama va o‘z vaqtida tayyorlanishi;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarining, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishining tizimli monitoringi olib borilishi, hokimning ko‘rib chiqishi va qaror qabul qilishini talab etuvchi muammoli masalalarning kelib chiqishi sabablari o‘z vaqtida aniqlanishi va takliflar tayyorlanishi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tuman hokimligiga kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi, shuningdek asoslangan xulosalar tayyorlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, viloyat hokimligiga va xalq deputatlari tuman Kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish sifati, shuningdek kiritilgan loyihalar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda viloyat hokimining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, shuningdek hokim va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatining o‘z vaqtida o‘rganilishi uchun javob beradi.
IV. Boshqaruv apparatining tuzilmasi
10. Boshqaruv apparatining tuzilmasi hokimning yordamchisi, tashkiliy kadrlar guruhi, Bola huquqlarini himoya qilish sho‘basi, yuridik xizmat, umumiy bo‘lim, axborot xizmati rahbari, hokim o‘rinbosarlarining bosh mutaxassislaridan iborat bo‘ladi.
Boshqaruv apparatining tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-2691-son va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 iyuldagi “Turizm sohasini rivojlantirishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3129-son qarorlari bilan belgilanadi.
11. Boshqaruv apparatining ishlari hokim tomonidan tasdiqlanadigan Boshqaruv apparati, hokim, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari hamda xodimlarning funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizomga, ushbu Nizomga, Ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma to‘g‘risidagi nizomlarga muvofiq tashkil etiladi.
12. Hokimning yordamchisi, tashkiliy kadrlar guruhi, Bola huquqlarini himoya qilish sho‘basi, yuridik xizmat, umumiy bo‘lim, axborot xizmati rahbari, hokim o‘rinbosarlarining bosh mutaxassislaridan o‘z faoliyatida hokimga bo‘ysunadi.
13. Hokimning yordamchisi, tashkiliy-kadrlar guruhi, Bola huquqlarini himoya qilish sho‘basi, yuridik xizmat, umumiy bo‘lim, axborot xizmati rahbari, hokim o‘rinbosarlarining bosh mutaxassislari boshqaruv apparatining boshqa xodimlari hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
14. Hokimning yordamchisi, tashkiliy kadrlar guruhi, Bola huquqlarini himoya qilish sho‘basi, yuridik xizmat, umumiy bo‘lim, axborot xizmati rahbari, hokim o‘rinbosarlarining bosh mutaxassislari funksional vazifalari hokim tomonidan tasdiqlanadi.
V. Boshqaruv apparati faoliyatini tashkil etish
15. Boshqaruv apparati ishlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlariga, viloyat hokimining va uning o‘rinbosarlari topshiriqlariga, hokim va uning o‘rinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek hokimlik, tarkibiy bo‘linmalar, ularning rahbarlari va mutaxassislarining ish rejalari asosida tashkil etiladi.
16. Hokimlar o‘rinbosarlarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bilan hokimlikka quyidagi sohalarda yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarning samarali, sifatli va natijali amalga oshirilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan:
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari boshqaruv apparatida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi № 12-son qarorlari ijrosi bo‘yicha mas’ul.
a) moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, Respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlarni ijrosini ta’minlash;
tumanning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan, yalpi hududiy mahsulot, sanoat, investitsiya, xizmat ko‘rsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyatsiya, bandlik, mahalliy budjetning har yilgi prognoz parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish kelishini oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish va qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etish;
iqtisodiyot masalalari bo‘yicha tegishli vazirlik, idoralar, qo‘mitalar, tijorat banklarining hududiy tuzilmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish, aholini tadbirkor qilish maqsadida ular bilan tijorat banklari o‘rtasida muloqot o‘rnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va so‘zsiz amalga oshirish;
tarmoq va boshqaruv organlari uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, bazaviy tarmoqlarini uzviy rivojlanishi, bunda tuman kesimida ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsilashni amalga oshirish, investitsiyalarni, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni va uni samarali ijrosini tashkil qilish, debitor-kreditor qarzdorliklarni yuzaga moliyaviy mablag‘ hamda zamonaviy texnologiyalar shaklida jalb qilish, korxonalar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish;
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini kompleks rivojlantirishning asosiy dasturlarini, shu jumladan, sanoat, investitsiya, mahalliylashtirish, qishloq xo‘jaligini barcha sohasini, ayniqsa paxta tolasini va meva-sabzavotni qayta ishlash, xizmatlar sohasini rivojlantirish kabi maqsadli dasturlarni kafolatlangan moliyaviy manbalarini aniqlagan holda tumanning mahalliy budjeti parametrlari bilan uzviy tarzda ishlab chiqish va so‘zsiz amalga oshirishni ta’minlash;
hududiy investitsiya dasturlari amalga oshirilishini, respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning o‘rtacha va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;
xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va korxonalarning ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, shu jumladan, xorijiy investorlarga sotish hisobiga tuman iqtisodiyotida xususiy mulkning darajasi va rolini oshirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va erkinliklarining kafolatlarini ta’minlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida korxonalarni tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali mahalliy budjetning daromad bazasini kengaytirish, respublika va mahalliy budjetga tushumlar hajmini oshirish hisobiga mahalliy budjet subvensiyasi hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish va bartaraf etish;
qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, bu sohani industriyalashgan tarmoqqa aylantirish maqsadida qishloq xo‘jaligining barcha turdagi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilishni keskin kengaytirish uchun maxsus dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, hududiy sanoat mahsulotlarini eksport qilish dasturlarini ishlab chiqish, dunyodagi narx konyukturasini o‘rganib tahlil qilib borish va yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish hamda ularni yangi bozorlarda eksport qilishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
inson manfaatlarini ta’minlash, ayniqsa aholining qishloq joylarda hayot darajasini va sifatini oshirish, yanada farovon hayot kechirishi uchun pensiya va nafaqalar, real daromadlarini barqaror oshirish manbaalarini yaratish, zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga naqd pul to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirishni yangi mexanizmi va tizimini joriy qilish;
iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada ilmiy va texnologik salohiyatni, innovatsion texnologiyalarni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarning darajasi, sifati va samaradorligini oshirish, ularning natijalaridan amalda keng foydalanishni tashkil etish;
chakana va ulgurji savdoni, xizmatlar ko‘rsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar ko‘rsatishning yangi shakllari va usullarini keng joriy etish, aholini iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan ta’minlash bo‘yicha marketing tadqiqotlari yuzasidan bozorlar, yarmarka va ko‘rgazmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
“yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi yagona markazlarning va davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi boshqa vakolatli organlarning faoliyatini, shuningdek davlat organlari bilan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning bevosita aloqasiz shakllarini joriy etishning holatini tahlil qilish;
ishbilarmonlik muhiti indikatorlarini baholash va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijalari asosida tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi to‘g‘risidagi tahliliy materiallarni tayyorlash va keyinchalik ularni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga, Xorazm viloyati hokimligiga kiritish;
hududda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;
hududning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarishlarni kengaytirish asosida hududning eksport salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan mineral-xom ashyoni va qishloq xo‘jaligi xom ashyosini sanoat yo‘li bilan yanada chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish dasturiy chora-tadbirlarini amalga oshirish;
sanoatning ishlamayotgan korxonalari faoliyatini tiklash chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni mahalliylashtirish dasturlari amalga oshirilishini ta’minlash;
tadbirkorlikni rivojlantirishdagi eng muhim muammolar bo‘yicha seminarlar va davra suhbatlarini muntazam o‘tkazish, shuningdek tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to‘g‘risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish yo‘li bilan tadbirkorlik subyektlari orasida axborot va tushuntirish ishlarini tashkil etish;
davlat organlarida, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, axborot faoliyati, arxiv ishi, intellektual mulk obyektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza qilish samaradorligini oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;
tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo‘yicha meyoriy xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish;
b) kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligini rivojlantirish sohasida:
tumanda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishini tashkil etish, xalqaro standartlarni qo‘llash, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo‘yicha mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshliligini oshirish;
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
kapital qurilishni tashkil etish va pudrat ishlari dasturlarini amalga oshirish;
pudrat tashkilotlarini mutanosib rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
qurilish industriyasini va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish;
muhandislik va yo‘l-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
transport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash;
ko‘rsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
aholini sifatli ichimlik suv bilan va sanitariya jihatidan tozalash tizimi bilan ta’minlash;
aholi punktlarini obodonlashtirish, kommunal xo‘jaligini rivojlantirish;
v) qishloq va suv xo‘jaligi sohasida:
qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fermerlik harakatini rivojlantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy o‘zgartirishni ta’minlash;
dehqonchilik va agrotexnologiyalarning ilg‘or usullarini joriy etish chora-tadbirlarini ko‘rish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor tamoyillari va mexanizmlari asosida xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar, bo‘g‘inlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
suv resurslaridan oqilona foydalanish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish va suv iste’molining bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish ishlarining va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarining bajarilishini muvofiqlashtirish;
qishloq xo‘jaligini, suv xo‘jaligini va o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish, ushbu sohalarga tashqi va mahalliy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlarini ko‘rish;
chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini rivojlantirish, hayvonlarni sun’iy urug‘lantirish xizmatlarini kengaytirish, zooveterinariya xizmati ko‘rsatish tarmog‘ini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;
ipakchilikning ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsuldor tut ipak qurtini yetishtirish, tirik pilla yetishtirishni ko‘paytirish;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularning saqlanishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korxonalarini tashkil etish va mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
g) turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish sohasida;
turizmni jadal rivojlantirish, hududning turistik salohiyatidan samarali foydalanish, turistik mahsulotlar va xizmatlarni diversifikatsiya qilish, turizm infratuzilmasini takomillashtirish;
ichki turizmni jadal rivojlantirish, yangi turizm mahsulotlarini yaratish, ziyorat turizmini rivojlantirish;
turizm infratuzilmasi va transport logistikasini rivojlantirish, turizm sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
aholining keng qatlamlari sport bilan muntazam shug‘ullanishi
uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish va shu orqali yoshlarning jismonan sog‘lom bo‘lib voyaga yetishi ko‘rsatkichlarini oshirishni ta’minlash;
madaniy sohadagi islohotlarni joylarda amalga oshirilishini ta’minlash;
aholining keng qatlamlari, ayniqsa yoshlarni madaniyat muassasalariga jalb etish va madaniy-ommaviy tadbirlar bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlash;
hududda ommaviy axborot vositalari, axborot targ‘ibot sohasini kompleks rivojlantirishni ta’minlash choralarini ko‘rish;
d) yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida:
Yoshlar siyosati sohasida:
yoshlar, ya’ni o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar, xususan, ta’lim bilan qamrab olingan yoshlar, uyushmagan yoshlar, yosh mutaxassislar, tadbirkor yoshlar, yosh fermerlar, yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
umumta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish va ularni keyinchalik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimida o‘qish bilan to‘liq qamrab olish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish;
akademik litseylar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, ularni xududlar kesimida optimal joylashtirish, iste’dodli yoshlarni qamrab olish, o‘quv jarayoni sifatini oshirish;
oliy ta’lim yo‘nalishlari va oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash ko‘rsatkichlarining hududlar bo‘yicha optimal taqsimoti yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqish, bitiruvchilarni chuqur professional bilimlarga ega bo‘lishlariga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘quv jarayoni sifatini, o‘quvchi-talabalarning davomatini ta’minlash yuzasidan aniq choralarni ko‘rish va nazorat qilish, bu borada ta’lim muassasasi, mahalla, nodavlat va notijorat tashkilotlari, profilaktika inspektorlari va ota-onalarni o‘zaro hamkorlikdagi ishlarini muvofiqlashtirish;
aholi, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini keng targ‘ib qilish, “Ommaviy madaniyat”ning ko‘rinishlariga qarshi ma’naviy profilaktika ishlariga rahbarlik qilish;
ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillariga, kompyuter texnologiyalari va internet-resurslaridan foydalanishning ilg‘or ko‘nikmalariga o‘rgatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar bajarilishini nazorat qilish;
yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ularning mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda aniq va manzilli chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqish, turli to‘garaklarga, shu jumladan, bolalar musiqa va san’at, bolalar va o‘smirlar sport maktablariga qamrab olish ishlarini tizimli tashkil etish;
yoshlarni yuksak ahloqiy tarbiyalash, ularni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish va jamiyatda yuksak ma’naviyatini qaror toptirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;
yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, aholining ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar tarbiyasi masalasida jamoatchilik nazoratini tashkil etish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ota-onalarning pedagogik madaniyatini yuksaltirishga, barkamol avlod tarbiyasida “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik konsepsiyasini amalga oshirishga rahbarlik qilish;
uyushmagan yoshlarning manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi davlat organlari, muassasalar va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash;
uyushmagan yoshlarning muammolarini aniqlash va hal qilish uchun ularning ehtiyojini aniqlash bo‘yicha monitoring olib borish va baholash, kasbga o‘rgatish, ishga joylashtirish, jumladan, kichik va o‘rta biznes va oilaviy tadbirkorlikka keng jalb etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
yosh mutaxassislarni ishga joylashtirishning tizimli monitoringini tashkil etish, mehnat bozorida ularning raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan maxsus dasturlarni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish,
yosh kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
yoshlar tadbirkorligi hamda yosh fermerlar faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlar tadbirkorligini tashkil etishda ko‘maklashish, imtiyozli kreditlar berish, joy ajratish, moddiy va texnik vositalar bilan ta’minlanishiga doir dasturlarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish;
yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish, kam ta’minlangan yosh oilalarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy yordam berish choralarini ko‘rish;
Ijtimoiy rivojlantirish sohasida:
aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish, hayot va mehnat faoliyati, malakali tibbiy yordam olish, madaniy meroslardan bahramand bo‘lish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, dam olishini tashkil etish uchun qulay tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish hamda sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
aholining ijtimoiy ehtiyoj va talablarini o‘rganish asosida hududlarda ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini monitoring qilish;
sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, aholiga yuqori malakali tibbiy yordamni ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash va kadrlar salohiyatini oshirish borasida tizimli ishlarni amalga oshirish;
qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning ish samaradorligini oshirish, har bir inson va butun oila darajasida eng ko‘p uchraydigan kasalliklar profilaktikasi va davolash jarayonini tashkil etish, oilalarni patronaj tizimi bilan to‘liq qamrab olish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini, shu jumladan sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tug‘ma va irsiy kasalliklarni oldini olish, rivojlanish nuqsoni bo‘lgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish sifatini oshirish, ularning jamiyat hayotida to‘laqonli qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
aholiga tashhis qo‘yishning zamonaviy usullarini joriy etish va yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘lamini yanada kengaytirish. Jahon standartlari darajasidagi eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali usullarga bo‘lgan aholi ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan tadbirlar ijrosini ta’minlash;
aholini dori vositalari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan sifatli dori vositalar va tibbiy buyumlar bilan ta’minot darajasini oshirish, mahalliy farmatsevtika sanoatiga investitsiyalar kiritish uchun chet el yetakchi kompaniyalari va investorlarini jalb qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
sport sohasida olib borilayotgan ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish, sportni ommaviyligini oshirish, qizlar o‘rtasida sportni rivojlantirish, barcha hududlar, ayniqsa eng chekka qishloqlarida xalqaro talablarga javob beradigan moddiy-texnik bazaga ega zamonaviy sport inshootlarini barpo etish;
aholining turmush madaniyatini, hayot sifatini oshirishga qaratilgan ta’lim, dam olish va hordiq chiqarish, bandlik, maishiy xizmatlar ko‘rsatish, madaniyat, san’at va sport sohalari muassasalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
mahalla fuqarolar yig‘inlari, xotin-qizlar, nuroniylar, yoshlar tashkilotlari, fuqarolik jamiyatlari institutlari, ommaviy axborot vositalarining tinch osoyishta hayotimizni asrash va mustahkamlashga qaratilgan vazifalar ijrosini muvofiqlashtirish.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida:
aholi o‘rtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlari ahamiyatining targ‘ibot va tashviqotini tashkil qilish;
aholining ma’naviy muammo va ehtiyojlarini o‘rganib borish asosida hududda ma’naviy muhit sog‘lomligini ta’minlash, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini muvofiqlashtirish va rahbarlik qilish;
aholining ma’naviy-ahloqiy, diniy-ma’rifiy, madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy ravishda o‘sib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy merosni, urf-odat va qadriyatlarni saqlash, targ‘ib qilish ishlariga rahbarlik qilish;
hududda sog‘lom turmush tarzi, millatlararo totuvlik, o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilgan ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, tadbirlarning maqsadli, rejali, tartibli tashkil etish va tarbiyaviy samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish;
hududda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka da’vat etish, yoshlarda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan samarali targ‘ibot tizimini yo‘lga qo‘yish;
aholi orasida diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “Ommaviy madaniyat” tahdidlaridan ogoh qilishga qaratilgan profilaktik ma’rifiy, tarbiyaviy chora-tadbirlarga rahbarlik qilish;
aholi orasida mehr-oqibat, mehr-shafqat, muruvvat va himmat, insofu diyonat, vijdoniylik, ahillik va totuvlik, fidoyilik, vatanparvarlik, olijanoblik va boshqa fazilatlarni targ‘ib qilish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirishda mahalla institutining o‘rni va rolini oshirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;
demokratik o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhitning barqarorligini mustahkamlash, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda mahalla institutining roli va ahamiyatini kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari oldida turgan, shu jumladan, yoshlarni ma’rifiy, ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash, kasbga yo‘naltirish, kichik va xususiy tadbirkorlikni, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish, jamoatchilik nazoratini tashkil etish, tabiatni muhofaza qilish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan zarur sharoitlar yaratish, fuqarolar yig‘inlariga qonunchilikda berilgan vakolatlarini ro‘yobga chiqarishda ko‘maklashish ishlarini tashkil etish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashining mintaqaviy tuzilmalariga ularning vazifalarini amalga oshirishda, shu jumladan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga metodik, amaliy va moddiy-texnik yordam ko‘rsatish sohalarida ko‘maklashish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini, kasbiy va boshqaruv ko‘nikmalarini, huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarini oshirishni muntazam tashkil etishda rahbarlikni ta’minlash;
fuqarolar yig‘inlari raisi va uning o‘rinbosarlari saylovlarini tashkil etish va o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga davlat organlarining ko‘maklashishini ta’minlash, zarur hollarda ularni xonalar, transport vositalari va aloqa vositalari bilan ta’minlash;
mamlakatda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, hududda tashkil etiladigan chora-tadbirlar mazmuni, samaradorligini tahlil qilish, sohalarning tizimli faoliyatini tashkil qilish;
ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, ommaviy tadbirlarni o‘tkazishning belgilangan tartibiga rioya etish yuzasidan nazoratni ta’minlash;
tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo‘yicha meyoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish;
ye) jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar sohasida:
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy va diniy masalalarni hal etishda yagona siyosat olib borish;
davlat organlarining tumanda joylashgan jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasi va hamkorligini ta’minlash;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotlarning manfaatlarini hisobga olish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish;
davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro harakatlarini muvofiqlashtirish hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish;
“Haj” va “Umra” tadbirlarini o‘tkazishda mahalliy davlat, jamoatchilik va diniy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
ma’naviy va milliy qadriyatlarga, xalqimizning diniy e’tiqodlari va urf-odatlariga qarshi yo‘naltirilgan mafkuraviy tahdidlarga qarshi samarali kurashish, yot g‘oyalarni tarqatishga qarshi kurash olib borish tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash;
millatlararo totuvlikni va diniy bag‘ri kenglikni ta’minlashda davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan hamkorligini muvofiqlashtirish;
millatlararo do‘stlik prinsiplarini qaror toptirishga, millatlararo munosabatlar madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan jamoatchilik tashabbuslarini rag‘batlantirish, muvofiqlashtirish va taqdirlash chora-tadbirlarini ko‘rish;
O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining mintaqaviy tuzilmalari faoliyatiga ko‘maklashish;
yo) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash sohasida:
fuqarolar yig‘inlarining joylarda xalqning chinakam maslakdoshi va ko‘makdoshiga aylanishini ta’minlash;
oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, nuroniylar ijtimoiy faolligini oshirish, mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari roli va mavqeini yanada mustahkamlash choralarini ko‘rish;
xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ularning roli va faolligini oshirish masalalarida davlat siyosatini amalga oshirish;
og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularga yordam berish, shuningdek, ularning uy-joy sharoitlarini yaxshilash, arzon uy-joylar olishiga ko‘maklashish;
xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, mehnat huquqlarini himoya qilish va ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish;
jinoyat sodir etishga moyil bo‘lganlar bilan yakka tartibda ish olib borish orqali xotin-qizlar orasida huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini amalga oshirish;
FHDYO organlari bilan ishlash, oilani mustahkamlash, ajralishlarning oldini olish, tug‘ilish va nikohni o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazish, targ‘ibot va ma’rifat ishlarini tashkil etish;
konsepsiyalar, davlat dasturlari va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Hokimning o‘rinbosarlari qonun hujjatlariga va hokim tomonidan tasdiqlanadigan funksional vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradilar.
18. Hokimning yordamchisi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Administratsiyaining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va viloyat hokimligining bevosita hokimga yo‘llangan yozma topshiriqlari to‘g‘risida o‘z vaqtida axborot berilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi va hokimning rezolyutsiyasiga muvofiq uning ijrosini tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining viloyat hokimligining tegishli topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish va tahlil etishni ta’minlaydi, topshiriqlarning bajarilishi va natijalari to‘g‘risida hokimga axborot beradi;
hokimning joriy ish rejalarini shakllantirishda ishtirok etadi va ularning ijrosini tashkil qiladi;
hokimning nomiga tushgan xat-xabarlarni tahlil qiladi, puxta ekspertizadan o‘tkazadi, zaruriyat bo‘lganda, boshqaruv apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda tegishli topshiriqlarni (fishkalarni) tayyorlaydi, tegishli materiallar haqida hokimga axborot beradi va imzolangan topshiriqlarning belgilangan tartibda ijrochilarga yuborilishini tashkil etadi;
jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining hokim tomonidan qabul qilinishini tashkil etadi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning og‘zaki, yozma va elektron murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;
hokim tomonidan yuklangan va funksional vazifalarda nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
19. Tashkiliy-kadrlar guruhi:
ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Xorazm viloyati hokimining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishi holatini o‘rganish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
belgilangan tartibda hokimlik ish rejasi loyihasini shakllantiradi, uning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;
boshqaruv apparati rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi takliflarni hokimning ko‘rib chiqishi uchun belgilangan tartibda kiritadi;
tasdiqlangan lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, mutaxassislarni tayinlash va lavozimidan ozod qilish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshiradi, ko‘rib chiqilayotgan nomzodlarni har tomonlama o‘rganishni va ular bo‘yicha ishonchli materiallar tayyorlanishini ta’minlaydi;
kelgusida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlariga ko‘tarish uchun boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish ishlarini tashkil etadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bo‘linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari faoliyatining tizimli monitoringini olib boradi;
boshqaruv kadrlarini hisobga olish, ularning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini shakllantirish va yuritish ishlarini tashkil qiladi;
zaxiraga kiritilgan boshqaruv kadrlarining kasbiy bilimlarini doimiy takomillashtirish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini tashkil qiladi;
hokimlarning mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarlari bilan birgalikda hokimlik apparati kadrlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bo‘linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari va ularning zaxirasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirishni va doimiy yangilab borishni ta’minlaydi;
tashkiliy-kadrlar masalalari bo‘yicha hokimning qarorlari va boshqa huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, hokim rahbarligida o‘tkaziladigan yig‘ilishlar, majlislar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish chora-tadbirlarini ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari saylovlarini, O‘zbekiston Respublikasi referendumlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tegishli saylov komissiyalariga yordam ko‘rsatadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Tashkiliy-kadrlar guruhi to‘g‘risidagi nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
20. Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi PF-6275-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadigan Nizom talablariga muvofiq tashkil etiladi.
21. Yuridik xizmat faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil19 yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘g‘risida nizom talablariga muvofiq tashkil etiladi.
22. Ijro nazorat bo‘limi:
ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, viloyat hokimining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimining hujjatlari bajarilishi holatini o‘rganish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
belgilangan tartibda tuman hokimligi ish rejasi loyihasini shakllantiradi, uning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;
tuman hokimining tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim va dolzarb masalalari bo‘yicha hisoboti xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan eshitilishini tashkillashtirishda sohaga taalluqli materiallarni tayyorlaydi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
23. Bosh mutaxassis (yetakchi mutaxassis, I toifali mutaxassis):
funksional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi hamda funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo‘yicha tahliliy materiallarni va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida kotibiyat mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda hokimning o‘rinbosariga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tegishli hududiy bo‘linmalari, hokimliki apparatining tarkibiy bo‘linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda o‘rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
hokim va/yoki uning o‘rinbosari tomonidan o‘tkaziladigan majlislarda, shu jumladan har haftalik apparat yig‘ilishlarida va o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha har xil komissiyalar majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etadi;
tegishli bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizomga va funksional vazifalarga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
24. Boshqaruv apparati boshqa tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislarining vazifalari va funksiyalari tegishli tarkibiy bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizomlarda va hokim tomonidan tasdiqlanadigan funksional vazifalarni taqsimlashda belgilanadi.
25. Boshqaruv apparatini saqlash va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
