Muvofiqlashtiruvchi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2025-07-16 14:25:00 / Yangiliklar

Bugun tumanda huquqni muhofaza qiluvchi organlari faoliyatiga bag‘ishlangan Muvofiqlashtiruvchi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda o‘tgan davr mobaynida organlar tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy ruhda muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida bildirilgan taklif hamda tavsiyalar asosida qo‘shimcha vazifalar belgilandi.





