Navbatdagi fuqarolar qabuli
2026-06-12 11:20:00 / Yangiliklar

Bugun tuman hokimi Ulug‘bek Davlatovning navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, bandlik, kommunal xizmatlar, tadbirkorlik, moddiy yordam hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.
Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.
Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha vaqt talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi.




