Rahbarlar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
2026-06-11 18:05:00 / Yangiliklar

Bugun Xonqa tumanida yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida rahbarlar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tuman hokimi Ulug'bek Dvlatov, prokuratura, tuman Ichki ishlar bo‘limi, soliq hamda boshqa mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Muloqot davomida yoshlar tomonidan ta’lim olish, tadbirkorlik, bandlik va boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar hamda takliflar bildirildi.
Mas’ul rahbarlar tomonidan yoshlarni qiynayotgan muammolar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, yoshlarning fikr va tashabbuslarini eshitish, ularni hayotga tatbiq etish bo‘yicha muhim takliflar ilgari surildi.





