ПАХТАДАН ЮҚОРИ ДАРОМАД ОЛИНГ – PREZIDENTIMIZ YARATIB BERGAN IMTIYOZLARDAN FOYDALANING!
2026-05-12 14:05:00 / Yangiliklar

ПАХТАДАН ЮҚОРИ ДАРОМАД ОЛИНГ – PREZIDENTIMIZ YARATIB BERGAN IMTIYOZLARDAN FOYDALANING!
Joriy yilning 10 maydan – 10 iyungacha g‘o‘za parvarishida “Zarbdor bir oylik” oyligini e’lon qilish va g‘o‘za agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston fermerlari kengashining
MUROJAATI
Hurmatli dehqon va fermerlar, agrar soha xodimlari!
Bu yilgi tabiat qiyinchiliklariga qaramasdan, Siz fermer
va dehqonlar tomonidan respublika bo‘yicha 889,5 ming gektar maydonlarda shundan, 300 ming gektardan ortiq Shinjon usulida chigit qadab, paxtadan 4,5 million tonnalik hosil xirmoni yaratishdek ulkan marralar olingan.
Joriy yil bahor oylarida ob-havoning seryog‘in bo‘lganligi hisobiga erta muddatlarda chigit ekilgan maydonlarda, nihollar unib chiqishi davrida shira, trips, o‘rgimchakkana zararkunandalari hamda fuzarioz, vilt, gommoz kasalliklari uchramoqda.
Zararkunanda va kasalliklarni oldini olish maqsadida g‘o‘za barglarini doimiy sinchiklab kuzatib borish, dala atrofiga biologik va kimyoviy ishlovlar berish zarur.
Zararkunanda va kasalliklarga o‘z vaqtida qarshi ishlovlar o‘tkazilmaganda kutilayotgan hosilning 30-40 foizini yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin.
Mirishkor fermerlar!
Fermer- yerga paxta urug‘ini qadagan mahaldan boshlab kun sanaydi: umid bilan qadagan niholni to‘la-to‘kis undirib olgunchi ozmuncha ter to‘kadimi, mehnat qiladimi?
Murakkab ob-havo sharoitidan tortib, eng kerakli agrotexnik tadbirlarni qo‘llashgacha bo‘lgan jarayonlardan eson-omon o‘tish oson kechmaydi, albatta.
Eng muhimi, fermer bu yilgi may-iyun-iyul oyilarining issiq kunida paxtaning hosilini olib qolib, tunu kun qilgan halol zahmatli xizmatlari mevasi naqadar totli ekanini hosil pishib yetilib, o‘z vaqtida terib-yig‘ib olinib, xirmonga to‘kilgan damda, asosiysi, belgilangan rejalar oshirib uddalanganidan keyingina anglab yetadi.
Buning uchun esa bugundan har bir fermer xo‘jaligi rahbari o‘z paxta dalasida “Zarbdor bir oylik” e’lon qilishi lozim.
Himmati baland mirishkor dehqon va fermerlar!
Yuqoridagidan kelib chiqib, paxtadan yuqori hosil olish uchun may-iyun oylarida, ya’ni “Dolzarb bir oylik”da biz fermerlar agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish zarurligi hamda qo‘shimcha daromad olishingizni yurakdan his etib, quyidagi tadbirlarga har qachongidan ham ziyoda mas’uliyat bilan yondoshishingiz so‘raladi:
BIRINCHIDAN, OCHIQ MAYDONLARDA 76X10 SM QO‘SHQATOR EKILGAN G‘O‘ZA QATOR ORASIGA QUYIDAGICHA ISHLOV BERING
-Ochiq maydonlarda g‘o‘za qator orasiga 1-ishlov berish dalada 75-80 foiz ko‘chat unib chiqib, qatorlari yaqqol ko‘rinishi bilan boshlanadi. Dalada kultivatorni birinchi yo‘nalishini shunday belgilash kerakki, kultivator aynan seyalka izidan harakatlanishi shart.
Shunday qilinganda, g‘o‘za qatorlarining himoya zonasi saqlanadi, ko‘chatlarning shikastlanishi va ko‘milib qolinishining oldi olinadi, kultivatsiya sifatli o‘tkaziladi.
1-ishlov berishga sozlangan kultivatorlarda 5 ta g‘ozpanja, 14 ta noralnik, 4 ta o‘ng va 4 ta chap sferik disk hamda 4 ta o‘ng va 4 ta chap pichoq o‘rnatilib, jami ishchi organlari soni 33-35 tani tashkil qiladi.
Ochiq maydonda 76x10-11 sm sxemada qo‘shqator ekilgan dalalarda g‘o‘za qator oralariga traktor g‘ildiraklari orqasiga joylashgan kultivatorning sferik disklari g‘o‘za qator orasida o‘simlikdan 6-8 sm uzoqlikda va 6-7 sm chuqurlikda ma’lum burchak hosil qilgan holda harakatlanadi.
Disk ortidan pichoqlar 6-8 sm uzoqlikda va 5-6 sm chuqurlikda, egatlarning qoq o‘rtasidan yuradigan g‘ozpanja 12 sm qamrovda va 12-14 sm chuqurlikda tuproqni yumshatib boradi.
G‘o‘za qatorlarini kultivatsiya qilish jarayonida chopiq traktorlari past tezlikda, bir maromda yurgizgan holda amalga oshiriladi, natijada o‘simlikning ildiziga havo va issiqlik yetib boradi va ularning baravj va durkun o‘sishi ta’minlanadi.
IKKINCHIDAN, OCHIQ MAYDONLARDA 76 SM YAKKAQATOR EKILGAN G‘O‘ZA MAYDONLARIDA QATOR ORASIGA ISHLOV BERISH
Ochiq maydonlarda 76 sm yakkqator ekilgan g‘o‘za maydonlarida chigitlarni unib chiqishini jadallashtirish va to‘liq gektar hosil qilish, shuningdek, g‘o‘za nihollari to‘liq unib chiqqan maydonlarda esa qator oralariga birinchi ishlov berishni tashkil qilish lozim.
Bunda, kultivator o‘g‘itlagichning grydillariga birinchi juft ishchi jihoz sifatida mayda KKO (4-6 sm chuqurlikda), ishchi organ sifatida 6-8 sm chuqurlikda naralnik va oxiriga 10-12 sm chuqurlikka g‘ozpanja o‘rnatgan holda kultivatsiyani qator orasi 66 sm kenglik qamrovida traktorni past tezlikda yurgizgan holda amalga oshiriladi.
Buнинг натижасида ғўза ниҳоллари ўсиши ва ривожланиши тезлашиб, ўғитларни зарур чуқурликка солишга имкон яратилади.
Birinchi ishlov berishda tuproq sharoitini hisobga olgan holda, kultivatorning har bir qator orasida ishlashda 5 tadan ishchi organi, ya’ni 2 ta yumshatgich panja (KKO), 2 ta yassi kesuvchi panja (naralnik) va 1 ta g‘ozpanja (lapka) o‘rnatish tavsiya etiladi.
Ishlov berishda kultivatorning o‘rtadagi organlari 8-10 sm, chekkadagilari esa 5-6 sm keyingi kultivatsiyalarda esa ishchi jihozlari mos ravishda 10-12 sm, chetki ishchi jihozlari 6-8 sm chuqurlikka mo‘ljallanib sozlanadi.
Qator orasiga ishlov berish o‘z muddatida va sifatli bajarilmasa, tuproqdagi namlik yo‘qolishiga olib keladi, o‘simlik ildizi shikastlanadi, o‘sish va rivojlanish jarayonlari sekinlashib, 10-15 kunga kechikadi, o‘suv davrlari uzayishiga sabab bo‘ladi, g‘o‘za hosildorligi 7-8 s/ga gacha kamayishi mumkin.
UCHINCHIDAN, G‘O‘ZANI MINERAL O‘G‘ITLAR BILAN OZIQLANTIRISH TARTIBI
G‘o‘zaning o‘suv davrida oziqa moddalarning yetarli bo‘lishi uning maqbul o‘sishi va rivojlanishi hamda yuqori va sifatli hosil olishni ta’minlaydi.
Azot yetishmasa barglari mayda va yashil sarg‘ish rangli, kalta bo‘yli, kam ko‘sakli bo‘lib qoladi. Me’yordan ortiqcha berilsa, g‘ovlab ketadi va pishib yetilishi kechikadi.
Fosfor elementi yetishmaganda ham g‘o‘zaning ildiz tizimi sekin rivojlanadi, barglari mayda va kalta bo‘yli bo‘lib, barglarida qizg‘ish tomirlarni va dog‘larni kuzatish mumkin. O‘simlikni generativ organlarini paydo bo‘lishi kechikadi, hosil sifati pasayadi.
Kaliy yetishmaganda bargda qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘ladi, sekinlik bilan qurib, buralib tushib ketadi, vilt bilan kasallanishi kuchayadi, hosil sifati pasayadi. Bir dona ko‘sakdagi paxta vazni 0,5-1,0 grammga kamayadi.
Fosfor va kaliy o‘g‘itlarining yillik miqdorlari tuproqdagi harakatchan fosfor va almashinadigan kaliy zahiralarini hisobga olgan holda va agrokimyoviy kartogrammalar asosida beriladi.
Tuproqning agrokimyoviy kartogrammalari bo‘yicha g‘o‘zaga qo‘llaniladigan fosforli va kaliyli o‘g‘itlarning yillik me’yorlari azotli o‘g‘itga asosan N:P:K=1:0,7:0,5 nisbatda belgilanadi.
G‘o‘za o‘simligi o‘g‘itlarni tuproq turiga bog‘liq holda turli darajada o‘zlashtiradi. G‘o‘zaning azotdan foydalanish darajasi 30-40 foiz, fosfordan 15-20 foiz, kaliyдан 45-50 foizgacha bo‘ladi.
Ma’lumki, azotli o‘g‘itlarning 20-30 foizi gaz shakliga o‘tib havoga uchib ketadi hamda nitrat shaklida yog‘ingarchilik va sug‘orish ta’sirida tuproqning quyi qismiga singib ketadi.
TЎRTINCHIDAN, SHINJON USULDA YETISHTIRILAYOTGAN G‘O‘ZA MAYDONLARINI MINERAL O‘G‘ITLAR BILAN OZIQLANTIRISH
Shinjon usulida g‘o‘za parvarishlanadigan maydonlarda ekish oldidan fosforli va kaliyli mineral o‘g‘itlar yillik me’yorining 100 foiz miqdorida qo‘llanilishi tavsiya etiladi.
G‘o‘zaning vegetatsiya davrida azotli o‘g‘itlar (granula) tomchilatib sug‘orish shlanglari orqali fertigatsiya (suvda eritish) usulida beriladi;
G‘o‘zaning 3-4 chinbarg davrida 50 kg/ga fizik holda ammiakli selitra bilan oziqlantirish tavsiya etiladi.
Shonalash davrida 2 marta fizik holda azotli o‘g‘itlar beriladi bunda, birinchisida 75 kg/ga ammiakli selitra, ikkinchisida 75 kg/ga ammiakli selitra qo‘llaniladi.
Gullash davrida oziqlantirishda 3 marta fizik holda azotli o‘g‘itlar beriladi, bunda birinchisida 100 kg/ga.dan, ikkinchisida 100 kg/ga.dan va uchinchisida 100 kg/ga ammiakli selitra qo‘llaniladi.
BESHINCHIDAN, OCHIQ USULDA YETISHTIRILAYOTGAN G‘O‘ZA MAYDONLARINI MINERAL O‘G‘ITLAR BILAN OZIQLANTIRISH
G‘o‘zani 76 sm qo‘shqator va yakkqator sxemada ekilgan maydonlarda o‘rtacha 50 s/ga va undan yuqori hosil olishda fizik holda azot 750 kg/ga (ammiakli selitra), fosfor 300 kg/ga (ammofos), kaliy 200 kg/ga (kaliy xloridi) me’yorda oziqlantirish talab etiladi.
Tuproq unumdorligi past bo‘lgan yerlarda o‘g‘itlar miqdorini 20-25 foizga oshirish tavsiya etiladi.
Tuproqning agrokimyoviy kartogrammasi asosida ekish oldidan fizik holda fosforli o‘g‘itlar yillik me’yorining 70 foizi (175 kg/ga ammofos), kaliyli o‘g‘itlar yillik me’yorining 50 foizi (75 kg/ga kaliy xlorid) miqdorida qo‘llanilishi tavsiya etiladi.
Birinchi oziqlantirish 3-4 chinbarg davrida gektariga fizik holda azotli o‘g‘itlar yillik me’yorining 20 foizi (150 kg/ga karbamid yoki ammiakli selitra) o‘simlikdan 10-12 sm uzoqlikda va 12-14 sm chuqurlikka qo‘llaniladi.
Ikkinchi oziqlantirish shonalashda gektariga fizik holda azotli o‘g‘itlar yillik me’yorining 45 foizi (350 kg/ga ammiakli selitra) va kaliyli o‘g‘itlar yillik me’yorining 50 foizi (75 kg/ga kaliy xloridi) miqdorida o‘simlikdan 12-14 sm uzoqlikda va 16-18 sm chuqurlikka beriladi.
Uchinchi oziqlantirish gullash davri boshida gektariga fizik holda azotli o‘g‘itlar yillik me’yorining 35 foizi (250 kg/ga ammiakli selitra) va fosforli o‘g‘itlar yillik me’yorining 30 foizi (75 kg/ga ammofos) miqdorida o‘simlikdan 15-16 sm uzoqlikda va 18-20 sm chuqurlikka beriladi.
G‘o‘zadan yuqori hosil olish uchun qator oralariga sifatli ishlov berish hamda mineral o‘g‘itlar bilan o‘z vaqtida belgilangan me’yorlarda oziqlantirish paxtadan kafolatli hosil yetishtirishni ta’minlaydi.
OLTINCHIDAN, TAMAKI TRIPSIGA QARSHI KURASH CHORALARI.
Ayrim insektitsidlarni ko‘p yillar mobaynida surunkasiga ishlatish natijasida bu preparatlarga nisbatan bardoshli trips populyatsiyalari vujudga kelishi mumkin. Buнинг oldini olish uchun preparatlarni almashtirib qo‘llash yaxshi samara beradi.
G‘o‘za maydonlariga yaqin konturda joylashgan g‘allaning pishish arafasida ya’ni g‘alla barglarining sarg‘ayish jarayonida ozuqa yetishmasligidan trips zararkunandalari g‘o‘zaga ko‘chib o‘tish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Buнинг oldini olish maqsadida g‘alla maydonlariga to‘liq ishlov berish va g‘o‘za maydonlari chetlarini tez-tez kimyoviy ishlovlar o‘tkazish talab etiladi.
G‘o‘za maydonlarida tripsga qarshi profilaktik tadbirlar uchun oltinko‘z entomofagini dala atrofi va maydonlarga gektariga 1 500-2 000 donadan tarqatish tavsiya etiladi.
Trips bitta niholda 4-5 donadan ortsa, kimyoviy ishlovlar o‘tkazish talab etiladi. Tripsga qarshi tarkibida imidakloprid (Konfidor, Imidor), atsetamiprid (Mospilan, Atset, Plantaprid), tiametoksam (Aktara Tiara), sipermetrin+xlorpirifos (Nurell-D, Agrofos-D) bo‘lgan preparatlardan biri bilan har ishlov berganda, ushbu kimyoviy preparatlarni almashtirib qo‘llash tavsiya etiladi.
O‘rgimchakkana. O‘rgimchakkana keng tarqalgan zararkunanda bo‘lib, 200 dan ortiq ekinlar bilan oziqlanadi. O‘rgimchakkana bahor-yozdagi bo‘g‘ini ko‘kish-sariq, qishlab chiqadiganlari esa to‘q sariq-qizil bo‘ladi. Tanasining yon tomonlaridagi ikkita qoramtir dog‘lari yaqqol ko‘rinib turadi.
O‘rgimchakkana qishlovdan juda barvaqt, o‘rtacha bir kecha-kunduzlik harorat 7-8°S dan oshganda chiqadi. O‘rgimchakkana birinchi bo‘lib, dala chetlarida va begona o‘tlarda rivojlanadi.
O‘rgimchakkana odatda shamol yordamida, o‘rgimchak iplari vositasida, shuningdek chopiq traktorlari va kultivatorlar bilan tarqaladi. Shu bois, dastlab g‘o‘za maydonlarining chekka tomondagilari zararlanadi.
YETTINCHIDAN, O‘RGIMCHAKKANAGA QARSHI KURASH CHORALARI.
Oltingugurt g‘o‘za uchun himoya vositasi bo‘lib, o‘rgimchakkanaга qarshi eng samarali va arzon vositalardan biri hisoblanadi. Shuningdek, u barcha so‘ruvchi zararkunandalarning rivojlanishi va ko‘payishini oldini oladi.
G‘o‘za maydonlarining atroflarida oltingugurt uyum holda to‘plash yoki purkash orqali qo‘llanishi zarur. Bu esa, g‘o‘za maydonlariga o‘rgimchakkana va boshqa zararkunandalar kirib kelishidan va tarqalishidan samarali himoya qiladi.
O‘rgimchakkananing 40 dan ortiq kushandasi mavjud bo‘lib, bulardan eng ahamiyatlisi - oltinko‘z hisoblanadi. Oltinko‘z entomofagini dala atrofi va dala maydonlariga gektariga 2 000-2 500 donadan tarqatish tavsiya etiladi.
Agar dalada bitta bargda 7-8 dona o‘rgimchakkana uchrasa, kimyoviy preparatlar bilan ishlovlar o‘tkazish zarur. Maxsus akaritsidlar foydali hasharotlar va entomofaglarga salbiy ta’sir qilmaydi.
Tarkibida geksitiazoks asosli preparatlar gektariga 0,1-0,3 litr, keyingi ishlovda geksitiazoks+propargit (Ximgold, Akara star, Akara gold, Akara bio va boshqa) preparatlari gektariga 0,4-0,45 litr yoki abamektin+spirodeklofen ta’sir etuvchi preparatlar qo‘llash yaxshi samara beradi.
G‘o‘za maydonlarida agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilganda, jumladan g‘o‘zani chanqatmasdan sug‘orilganda o‘rgimchakkanani ko‘payishini va keng tarqalib ketishini oldini oladi.
Shuningdek, tarkibida mikro elementli o‘g‘itlar va o‘sishni boshqaruvchi preparatlar bilan o‘z vaqtida ishlovlar o‘tkazilganda g‘o‘zaning zararkunanda va kasalliklarga chidamlilik ortadi, 15-20 kunga rivojlanishi tezlashadi hamda hosildorlikning 25-30 foizga oshishiga zamin yaratadi.
SAKKIZINCHIDAN, BEGONA O‘TLARGA QARSHI GLIFOSAT GERBITSIDI BILAN ISHLASH
Bugungi kunda g‘o‘za maydonlarida begona o‘tlar ko‘payishi holatlari ko‘p uchramoqda. Buning uchun, gerbitsidga chidamli xorijiy g‘o‘za navlari maydonlarida glifosat tarkibli gerbitsididan foydalanish samarali hisoblanadi.
Glifosat mahalliy g‘o‘za navlari hamda bir genli xorijiy navlar (glifosatga chidamsiz) uchun xavfli bo‘lib, o‘simlikning nobud bo‘lishiga olib keladi. Ushbu moddadan faqat maxsus genetik jihatdan o‘zgartirilgan glifosatga chidamli (Gt-genli) g‘o‘za navlaridagina foydalanish mumkin.
ESLATMA!!!
Birinchi navbatda glifosatga chidamli g‘o‘za navlari ekilgan va 3-4 chinbarg chiqargan maydonda maxsus 10 m2 (10x10 –1 sotix) sinov uchastkasi ajratib olinadi.
Ushbu 1 sotix maydon uchun 30-40 grammda 20-30 litr ishchi eritma tayyorlanib, ajratib olingan maydonda ishchi eritmani qo‘l apparati yordamida qo‘llab ko‘rish lozim.
Agar ishchi eritma sepilgan maydonda g‘o‘zaning rivojlanish fazalarida salbiy (stress, o‘sishdan to‘xtash, barglarini sarg‘ayishi, nobud bo‘lish kabi) o‘zgarishlar kuzatilmagan taqdirda – qolgan maydonlar uchun belgilangan me’yorlarda tayyorlangan eritmani qo‘llash tavsiya etiladi.
Barchangizni yuqoridagi tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga chorlab, iqtisodiyotimizni yuksaltirishga, ona yurtimiz yanada obod bo‘lishi uchun munosib hissangizni qo‘shishga hamda “Dolzarb bir oylik”da paxtani o‘z muddatlarida parvarishlashga hamda yuqori hosil olishga da’vat etamiz!
