Xonqa tumanida “Kinokarvon” loyihasi: Tarix va jasorat sabog‘i
2026-05-07 20:40:00 / Yangiliklar

Xonqa tumanida “Kinokarvon” loyihasi: Tarix va jasorat sabog‘i
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tumanimizda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Xonqa tumani hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan tashkil etilgan “Kinokarvon” loyihasi yoshlar va aholida katta taassurot qoldirmoqda.
Dastur avvalida tuman madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan tayyorlangan musiqiy va sahnalashtirilgan chiqishlar namoyish etildi.
Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismiga o‘tilib, buyuk sarkarda Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan tarixiy film namoyish etildi.




