Bugun tuman hokimi Ulug‘bek Davlatovning navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
2026-04-17 13:35:00 / Yangiliklar

Bugun tuman hokimi Ulug‘bek Davlatovning navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Unda uy-joy ta’miri, bandlik masalalari, ijtimoiy nafaqalar, kommunal xizmatlariga oid murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul tashkilotlar ishtirokida atroflicha muhokama olib borildi.
Tuman hokimi tomonidan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, masalalarini tezkor hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Ayrim murojaatlar shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha vaqt talab etadigan masalalar ijrosi qat’iy nazoratga olindi.





