Xonqa tumanida ishchi guruh faoliyat boshladi
2026-04-17 14:50:00 / Yangiliklar

Xonqa tumanida ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini kuchaytirish maqsadida ishchi guruh faoliyat boshladi.
Tuman Madaniyat markazida o‘tkazilgan seminarda tegishli mutasaddilar ishtirok etib, joylarda olib boriladigan targ‘ibot ishlari va ularning samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ishchi guruh a’zolari hududdagi tadbirkorlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Xususan, tikuvchilik va qo‘l mehnati yo‘nalishidagi hunarmandlar ishlari, Jannatmakon mahallasidagi “Marjona” tekstil korxonasidagi chevar qizlar bilan muloqotlar olib borildi.









