Tadbirkorlar bilan soliq sohasidagi yangiliklari bo‘yicha muloqot bo'lib o'tdi
2026-01-07 10:25:00 / Yangiliklar

Tadbirkorlar bilan soliq sohasidagi yangiliklari bo‘yicha muloqot bo'lib o'tdi
Ushbu tadbir 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradigan soliq qonunchiligidagi yangiliklarni tadbirkorlik subyektlari hamda keng jamoatchilikka sodda va tushunarli tarzda yetkazish maqsadida tashkil etildi.
Seminar davomida 2026-yilgi soliq siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgarishlar, tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan soliq imtiyozlari va qo‘shimcha qulayliklar yuzasidan viloyat soliq boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari O.Karimov batafsil tushuntirish berdi.
Shuningdek, naqd pulsiz hisob-kitoblarni keng joriy etish, shaffoflikni oshirish hamda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar alohida e’tiborga olindi.
Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tib, tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javoblar berildi.








